Korrupsiya taraqqiyot kushandasi
2024-yil 24-sentyabr kuni O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining Komplayens nazorati bo‘limi mutaxassislari tomonidan Toshkent shahar O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasining “Sergeli”, “Sobir Raximov” va “Arkbuloq” TIF maskanlarida korrupsiyaviy xavf-xatar yuqori bo‘lgan lavozimlarda faoliyat olib borayotgan karantin davlat inspektorlari bilan korrupsiyaviy xuquqbuzarliklar hamda manfaatlar to‘qnashuvinining oldini olish va bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Tadbirda xodimlar e’tiboriga korrupsiyaga qarshi kurashish va manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi milliy qonunchilik hamda Agentlikning ichki idoraviy hujjatlari mazmun mohiyati, talablari, shuningdek ushbu holatlarga yo‘l qo‘yganlik uchun belgilangan javobgarlik to‘g‘risida tushunchalar berildi.
Shuningdek, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan TIF maskanlariga tashrif davomida Komplayens nazorati bo‘limi xodimlari tomonidan “ILG‘OR TEGIRMONCHI”, “NURON SAVDO”, “TURKISTON TRANS INVEST”, “CONSULTING TERMINAL”, “PLAN FOOD STAR”, “TURON KOMPANI”, “UZTEX”, “KAMRAN BIZNES CHARM”, “MULKI TURON XONOBOD”, “SLADUS PRODUCE”, “OLOY GULZOR SERVIS”, “KO‘KALAMZOR SERVIS”, “BAHOR GULLARI” kabi tadbirkorlik subektlari vakillari bilan maskanlarda faoliyat olib borayotgan karantin inspektorlari tomonidan ehtimoliy korrupsiyaviy harakatlarga yo‘l qo‘yilishi borasida anonim so‘rovlar o‘tkazildi.Bundan tashqari, tadbirkorlarga Agentlikda korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar haqida ham qisqacha ma’lumot berib o‘tilib, sohaga oid qonunchilik talablari, shuningdek, shu mazmundagi huquqbuzarliklar uchun milliy qonunchilikda ko‘zda tutilgan javobgarlik, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 211, 212 va 213-moddalari bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Tadbir yakunida tadbirkorlik subektlari vakillariga korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida Agentlik tomonidan tayyorlangan hamda karantin inspektorlari tomonidan ularga nisbatan korrupsiyaviy harakatlar sodir etilgan taqdirda murojaat qilishlari mumkin bo‘lgan mavjud aloqa kanallari aks etgan flaerlar tarqatildi.