Qashqadaryoda 30 yoshli ayol o‘zini ov miltig‘i bilan otib qo‘ydi

Qashqadaryoda 30 yoshli ayol o‘zini ov miltig‘i bilan otib qo‘ydi
Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida 30 yoshli ayol ehtiyotsizligi oqibatida o‘zini ov miltig‘i bilan otib qo‘ydi.
Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, fuqaro Q.N. 2013-yilda o‘ziga biriktirilgan otish uchun yaroqli bo‘lgan “Toz-16” rusumli ov quroli va uning o‘qlarini saqlashda beparvolik qilgan.
2024-yil 22-sentyabr kuni ov qurolini “Husen” qishlog‘ida joylashgan molxona binosi yonidagi omborxonada joylashgan seyfga tiqib qo‘yishni unutib, ochiqda qoldirgan. O‘sha kuni soat 14:30 larda uning 30 yoshli kelini M.J. molxonani tozalash uchun kirgan va ehtiyotsizlik qilib qurolni seyfga joylamoqchi bo‘lgan. Shunda miltiq otilib ketgan va o‘q ayolning boshiga tegib uni jarohatlagan. Oqibatda ayol voqea joyida halok bo‘lgan.
Mazkur holatda qurol saqlashda ehtiyotsizlik qilgan Q.N.ning harakatlarida jinoyat tarkibi bo‘lgani uchun 24-sentyabr kuni unga nisbatan tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 249-moddasi (qurolni va uning o‘q-dorilarini saqlash, olib yurish, tashish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi Yakkabog‘ tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limiga yuborilgan.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-