Kadastr agentligi Toshkent shahar hamda Toshkent viloyati boshqarmalari tomonidan 2024-yilning 8 oyida qanday ishlar amalga oshirildi?

Kadastr agentligi Toshkent shahar hamda Toshkent viloyati boshqarmalari tomonidan 2024-yilning 8 oyida qanday ishlar amalga oshirildi?
O'zbekiston Milliy matbuot markazi binosida “Kadastr agentligi Toshkent shahar hamda Toshkent viloyati boshqarmalari tomonidan 2024-yilning 8 oyida amalga oshirilgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi
Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan 2024-yilning o‘tgan 8 oyida jami 4 182 holatda 995,4 gektarda huquqbuzarlik holatlari aniqlangan, shundan 1 116 ta holatda yer qonunbuzilish holatlari joyining o‘zida bartaraf qilingani aytib o‘tildi.Tahlil natijalari esa joriy yilda huquqbuzarliklar soni o‘tgan yilga nisbatan ortganini ko‘rsatmoqda. Jumladan, Bo‘stonliq tumanida 161 taga, Zangiota tumanida 119 taga, Yangiyo‘l tumanida 140 taga ko‘p huquqbuzarlik holatlari aniqlangani taʼkidlandi.
Aniqlangan qonunbuzilishlar bo‘yicha 172 ta holatda to‘plangan materiallar prokuratura organlariga yuborildi, shundan, 115 ta holatda yer qonunbuzilish holatlarini sodir etgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Shuningdek, yerlardan maqsadsiz foydalanish holati bo‘yicha jami 102 ta holatda 861 gektar aniqlangan. Holat bo‘yicha hokimliklarga taqdimnomalar kiritilib, shundan 80 ta holatda 805 gektar yer maydoni davlat zaxirasiga qaytarilishi taʼminlangan.
 Shuni taʼkidlash joizki, ayni kunlarda “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga egalik huquqini eʼtirof etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining 937-son Qonuni aholi orasida noto‘g‘ri talqin qilinib, yerga oid huquqbuzarliklarni qasddan sodir etilishiga olib kelmoqda.
Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi va uning tumanlardagi bo‘lim xodimlari tomonidan joriy yilning o‘tgan 8 oyi davomida poytaxtimiz hududida amalga oshirilgan yer va kadastr nazorati tadbirlari natijasida 2 114 ta holatda 55,2 gektar yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish bo‘yicha huquqbuzarliklar aniqlanib, berilgan yozma ko‘rsatmalar asosida 862 ta holatda 9,2 gektar yer qonunbuzilish holatlari ixtiyoriy ravishda bartaraf etildi. 1 010 ta holat yuzasidan sud organlariga da’vo arizalari kiritildi.
Jumladan, Olmazor tumanida jami 245 ta holatda qariyb 7 gektar yer maydonini o‘zboshimcha egallash holatlari aniqlangan bo‘lib, shundan 59 ta (0,5 gektar) yer qonunbuzilish holati ixtiyoriy ravishda bartaraf etilgan.
Sergeli tumanida aniqlangan 226 ta (15 gektar) yer qonunbuzilish holatidan 78 tasi (1,07 gektar), Mirzo Ulug‘bek tumanida aniqlangan 218 ta (3,35 gektar) holatning 81 tasi (0,73 gektar) olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida fuqarolar tomonidan ixtiyoriy bartaraf etilib, o‘zboshimchalik bilan egallangan yer maydoni avvalgi holatiga qaytarilgani aytib o‘tildi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-