5-oktyabrdan so‘ng "Umra" tadbirlarini faqat maxsus litsenziyasi mavjud turoperatorlar tashkil qiladi

5-oktyabrdan so‘ng "Umra" tadbirlarini faqat maxsus litsenziyasi mavjud turoperatorlar tashkil qiladi
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bu haqda alohida ogohlantirish e’lon qildi. Unda aytilishicha, tegishli litsenziyasi bo‘lmagan turoperatorlar oktyabr-dekabr oylarida Umra ziyoratiga yuborish bo‘yicha xizmatlarni keng reklama qilmoqda.
Vaholanki, 2024-yil 2-iyuldagi qonunga binoan, 5-oktyabrdan boshlab “Umra” tadbirlarini tashkil etish uchun alohida litsenziya olish talab etiladi.
2024-yil 5-oktyabrdan so‘ng litsenziyasiz “Umra” xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha barcha turdagi faoliyat noqonuniy hisoblanadi.
Litsenziyasiz faoliyat yuritganlik uchun BHMning 200 baravari (68 mln so‘m) miqdorida jarima solinadi.
“Umra” ziyoratiga borishni niyat qilgan fuqarolar xizmat ko‘rsatuvchi turoperator tanlayotganda litsenziyasi bor yoki yo‘qligiga albatta e’tibor qaratishlari lozim. Shunda muammolarga duchor bo‘lishmaydi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-