Haj ibodatini amalga oshirmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonliklar  ogohlantiriladi

Haj ibodatini amalga oshirmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonliklar  ogohlantiriladi
Haj ibodatini amalga oshirmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonliklar  ogohlantiriladi

Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda haj ibodatini tashkil etish to‘g‘risida reklama va e’lonlar ko‘paymoqda.
Din ishlari bo’yicha qo’mitaning ma’lum qilishicha, amaldagi qonunchilikka ko’ra, muqaddas ibodatlarni uyushtirish bevosita Qo‘mita va O‘zbekiston musulmonlari idorasi zimmasiga yuklangan va yurtdoshlarimizni Hajga kuzatish, kutib olish ishlarini tashkil etish, shu jumladan ziyoratchilarning Saudiya Arabistoniga borishi, u yerda bo‘lishi va u yerdan qaytib kelishlari ushbu tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
Saudiya Arabistoni qonunchiligiga ko‘ra ham, haj safari dunyo davlatlarining vakolatli tashkilotlari bilan Saudiya Haj va umra vazirligi o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Mazkur kelishuvlar asosida tashkil etilmagan haj ziyoratiga urinish ushbu ulug‘ amalning eng muhim ruknlari bo‘lmish – Mino, Arafot va Muzdalifa vodiylarida ibodat qilish imkoniyatini bermaydi.
Muborak safarlarga noqonuniy yo‘llar bilan borishga intilish Saudiya Arabistonidan deport qilish va Saudiya Arabistoniga har qanday viza bilan 10 yil muddatga kirishni taqiqlash hamda 100 ming saudiya riyoli (26 ming AQSH dollari) miqdorida jarima solishga olib keladi.
“Shu bois, haj tadbirini tashkil etish vazifasi sayyohlik firmasi yoki turagentliklar vakolatiga kirmaydi”, - deyiladi Qo’mita xabarida.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-