Shavkat Mirziyoyevning Germaniyaga ikki kunlik tashrifi yakunlandi

Shavkat Mirziyoyevning Germaniyaga ikki kunlik tashrifi yakunlandi

 Shavkat Mirziyoyevning Germaniyaga ikki kunlik tashrifi yakunlandi

Berlinda davlat rahbari GFR Kansleri Olaf Shols va Federal Prezident Frank-Valter Shtaynmayer bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Germaniyaning yetakchi kompaniya va banklari rahbarlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston va Germaniya Prezidentlari birgalikda Jeyms Simon galereyasiga tashrif buyurib, “O‘zbekistonning arxeologik xazinalari. Makedoniyalik Iskandardan Kushonlar saltanatigacha” nomli noyob ko‘rgazmani ochib berishdi.

Tashrif doirasida iqtisodiyot, savdo, moliya, ta’lim, fan va innovasiya sohalarida 16 ta hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolandi.

Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-