Umummilliy boyligimizni asrash — muqaddas vazifa
Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasining Bektemir tumani bo‘limi xodimlari tomonidan yer to‘g‘risidagi qonunlar ijrosi ustidan tizimli nazorat o‘rnatish, yer uchastkalarining o‘zboshimchalik bilan egallab olinishiga yo‘l qo‘ymaslik choralari ko‘rilmoqda.
Tahlillarga ko‘ra, 2023 yil davomida tuman bo‘yicha aholi yashash manzillarida umumiy 130 ta holatda 6,8 gektar yer maydonida qonunbuzarlik holatlari aniqlangan. Mazkur holatlar yuzasidan qonunbuzar fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning tegishli moddalariga asosan ma’muriy jazo choralari ko‘rishlikni bildirib, yer qonun buzilishini o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan ogohlantirish xatlari, shuningdek, ma’muriy ish ko‘rilishi yuzasidan ko‘rsatma va xabarnomalar qonunchilikda belgilangan tartibda taqdim etildi. Jumladan, 100 ta holat bo‘yicha ma’muriy choralar ko‘rilgan, 28 nafar shaxs huquqbuzarlik oqibatlarini bartaraf etganligi sababli javobgarlikdan ozod qilingan.
Shuningdek, hisobot davrida 70 ta holatda fuqarolar tomonidan 5,85 gektar yer maydonlari o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi aniqlangan. Tushuntirish ishlari olib borilishi natijasida 32 ta holatda 0,53 gektar yer maydonining fuqarolar tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etilib, asl holatiga qaytarilgan. Qolgan 38 ta holat yuzasidan sud tartibida ko‘rib chiqish uchun sud organlariga da’vo arizalari kiritilgan.
Ma’lumki, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar tarkibiga kiruvchi sug‘oriladigan hamda alohida qimmatga ega bo‘lgan unumdor sug‘oriladigan yerlar qonunchiligimizda maxsus muhofaza qilinishi lozimligi ko‘rsatilgan. Shundan kelib chiqib, 2023 yil davomida tuman bo‘limi tomonidan ayni yo‘nalishda ham joylarda muntazam yer nazorati tadbirlari olib borilgan.
Ana shunday o‘rganishlar vaqtida Zabardast MFY hududidagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan sug‘oriladigan yer maydonining foydalanish ahvoli joyiga chiqib o‘rganilganida mazkur yer maydonida noqonuniy qurilish ishlari amalga oshirilayotgani aniqlangan.
Ushbu holat yuzasidan qonunchilikka asosan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Kadastr agentligining “Yerlardan maqsadli foydalanish va davlat kadastrlarini yuritish sohasida qonuniylikni ta’minlash bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida”gi tartib asosida to‘plangan hujjatlar prokuratura organlariga taqdim qilingan.
Shu o‘rinda fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlaridan yer va suv resurslaridan oqilona hamda maqsadli foydalanish, uni asrab-avaylash, kelajak avlod uchun bus-butun saqlash, yer qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ymasliklarini yana bir bor so‘rab qolamiz.
Zero, qonunchilikda yer qonun buzilish holatlariga yo‘l qo‘ygan jismoniy va yuridik shaxslar uchun jazo muqarrarligi qat’iy belgilab qo‘yilgan.
Jasur Narzullayev,

Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasining Bektemir tumani bo‘limi boshlig‘i