Poytaxtimizda yer uchastkalarining o‘zboshimchalik bilan egallab olinishi va shu yer maydonlarida noqonuniy qurilmalar qurilishini aniqlash yuzasidan nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda

Poytaxtimizda yer uchastkalarining o‘zboshimchalik bilan egallab olinishi va shu yer maydonlarida noqonuniy qurilmalar qurilishini aniqlash yuzasidan nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda
Ayni kunlarda Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan reja asosida poytaxt tumanlarida yer uchastkalarining o‘zboshimchalik bilan egallab olinishi va ushbu yer maydonlarida noqonuniy qurilmalar qurilishini aniqlash yuzasidan nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda.
 Dastlab Yashnobod tumanidan boshlangan tadbirlar endilikda poytaxtimizning Yunusobod tumanida davom ettirilmoqda.
Aniqlangan yerga oid qonunbuzarlik holatlari yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarga o‘zboshimcha egallangan yer maydonini belgilangan muddatda ixtiyoriy o‘z holatiga qaytarish yuzasidan ogohlantirish xatlari berilmoqda.
 Olib borilayotgan nazorat tadbirlari natijalari haqida batafsil ma’lumot taqdim qilib boriladi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-