Guliston tumanida ilk marotaba yuqori texnologik jarrohlik amaliyoti oʻtkazildi
Guliston tuman tibbiyot birlashmasida ilk marotaba oʻt qopida kasalligi bor boʻlgan ikki nafar bemorda yuqori texnologik, murakkab jarrohlik amaliyoti oʻtkazildi.
Bu turdagi amaliyot Guliston tumanida birinchisi boʻlib, uni Guliston tibbiyot klasterining malakali xirurglari, Zohid Erkaboyev, Akmal Uralovlar tuman tibbiyot birlashmasi boshligʻi, xirurg Alisher Erkaboyev va boshqa shu turdagi mutaxassislar bilan birgalikda, mahorat darsi tarzida muvaffaqiyatli amalga oshirdi.
—Quvonarli tomoni, bu turdagi amaliyotni muvaffaqiyatli oʻtkazilishida Germaniyada ishlab chiqarilgan, Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam jamgʻarmasi hisobidan keltirilgan zamonaviy, eng soʻngi rusumdagi laparoskopiya apparati yordami katta boʻldi,—deydi tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori Alisher Erkaboyev.
Avvallari bu kabi amaliyot uchun, bemorlar Guliston shahriga, u yerdagi viloyat davolash profilaktika muassasalariga borishgan boʻlsa, endi bunga hojat qolmadi. Chunki, Guliston tuman tibbiyot birlashmasida shart-sharoit, moddiy texnik baza, tajribali mutaxassislardan iborat, xirurglar guruhi shakllangan.
Bir soʻz bilan aytganda, Guliston tuman tibbiyot birlashmasida oʻtkazilgan, murakkab va yuqori texnologik, kaminvazivli amaliyot, kelgusida shu turdagi amaliyotni tuman darajasida yoʻlga quyish uchun yoʻl ochdi.