Surxondaryoda tez tibbiy yordam shifokorlari elektroskuterlardan foydalanmoqda

Surxondaryoda tez tibbiy yordam shifokorlari elektroskuterlardan foydalanmoqda
Surxondaryoda tez tibbiy yordam shifokorlari elektroskuterlardan foydalanmoqda

Sog‘liqni saqlash vazirligiga ko'ra,   Surxondaryo viloyatida tez yordam shifokorlari sinov tariqasida elektroskuterlardan foydalanishni boshlagan.
Qayd etilishicha, respublika tez tibbiy yordam markazi Surxondaryo viloyati filialiga bir kunda o‘rtacha 3000 dan ziyod chaqiriq kelib tushadi. Murojaatlarning aksariyati 17:00 dan tungi 01:00 ga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘iga to‘g'ri keladi.
"Bunday tig‘iz paytda bemorlarga o‘z vaqtida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish muhim ahamiyatga ega. Shu bois viloyat "Tez yordam" xizmatida bu masalaga innovasion yechim sifatida elektroskuterlardan foydalanish yo‘lga qo‘yildi.
Elektroskuterlar zamonaviy tez yordam mashinalari kabi qulayliklarga ega bo‘lmasa-da, tirbandliklar va harakatlanish qiyin bo‘lgan joylarda oson yura oladigan transport vositasi ekanligi alohida ta'kidlangan.
Bu esa shifokorlarning belgilangan manzilga kechikmay yetib borishi va og‘ir bo‘lmagan bemorlarga o‘z vaqtida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishiga xizmat qiladi",- deyiladi xabarda.
Shifokorlarga berilgan elektroskuterlarda maxsus chemodan bo‘lib, ular kerakli, asosiy tibbiy apparatlar va bir martalik ishlatiladigan tibbiy apparatlar tez tibbiy yordam uchun zarur bo‘lgan dori vositalari bilan ta’minlangan.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-