O'zbekistonda zararli shovqinlar va yoqimsiz hidlarga qarshi kurashish tartibi belgilanadi

O'zbekistonda zararli shovqinlar va yoqimsiz hidlarga qarshi kurashish tartibi belgilanadi
O'zbekistonda ekologik vaziyatni yaxshilash va qulay ekologik holatni barqaror saqlash, atrof-muhitni muhofaza qilishning samarali mexanizmlari yaratish maqsadida Adliya vazirligi tomonidan prezidentning “Atrof-muhitni, aholi salomatligini zararli shovqinlar va yoqimsiz hidlar taʼsiridan muhofaza qilish sohasini tubdan takomillashtirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni loyihasi ishlab chiqildi.
O'zbekistonda zararli shovqinlar va yoqimsiz hidlar bilan bog‘liq murojaatlar statistikasi yuritilmasada, so‘nggi paytlarda OAVlarda aholi yashash hududlarida zararli shovqinlar va yoqimsiz hidlar atrof-muhitga ko‘p chiqarilayotganligi, bu maishiy turmushda turli noqulayliklarni, va hatto aholi sog‘lig‘iga salbiy taʼsirlarni yuzaga keltirayotganligi haqidagi fuqarolarning shikoyatlari ko‘paymoqda.
Shu bilan birga, zararli shovqinlar va yoqimsiz hidlarga qarshi kurashish masalalarini kompleks tartibga soluvchi yagona huquqiy hujjat mavjud emas.

Amaldagi sanitariya qoidalari va meʼyorlarida ayrim shovqinlarga oid normalar belgilangan. Biroq, yorug‘lik shovqinlari va hidlar bo‘yicha sanitariya qoidalari va meʼyorlari mavjud emas. Masalan, sanitariya qoidalari va meʼyorlarida elektron displeyli (led, oled, 3D) tashqi reklama obyektlarining yorug‘lik meʼyorlari belgilanmagan hamda undagi yorqin ranglarning inson sog‘ligiga salbiy taʼsiri, namoyish etish davriyligi bo‘yicha normativlar keltirilmagan.

Davlat organlarining zararli shovqinlar va yoqimsiz hidlarga qarshi kurashish va ularni oldini olish sohasidagi vazifalarining aniq chegaralari belgilanmaganligi mazkur sohani tartibga solishda qiyinchilik tug‘dirmoqda.

Yuqorida nazarda tutilgan muammolarni bartaraf etish maqsadida ishlab chiqilgan Loyihada quyidagilarni amalga oshirish nazarda tutilmoqda:

a) Zararli shovqinlar va yoqimsiz hidlarni atrof-muhitga va aholi salomatligiga bevosita zarar yetkazuvchi zararli manbalar deb eʼtirof etish;

b) “Tungi vaqt”ni – soat 23-00 dan soat 6-00 ga qadar bo‘lgan vaqt, “shovqinsiz davr”ni – ish kunlarida soat 23-00 dan soat 7-00 ga qadar hamda dam olish va bayram kunlarida soat 21-00 dan soat 8-00 qadar bo‘lgan vaqt etib belgilash;

c) 2024-yil 1-yanvardan boshlab tungi vaqt va shovqinsiz davr mobaynida bir qator taqiqlar.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-