Yashil poytaxtni asrash yo‘lida: o‘simliklar karantini inspektorlari faoliyati
Bugungi kunda poytaxtimizda 35 ming gektardan ko‘proq maydon mavjud bo‘lsa, yashil maydonlar 7 ming gektarni tashkil etadi, 220 turdagi daraxt va 30 xildagi butani uchratish mumkin. Ularni mavsum davomida turli zararkunandalardan asrash, quriganlarini yo‘q qilish, yangi ekzotik o‘simlik turlarini ko‘paytirish ishlari olib borilmoqda.
Xususan, zararli begona zararkunandalar tarqalishining oldini olish, qishloq xo‘jaligi ekinlariga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan zarali organizmlarni aniqlash va ularni bartaraf etish maqsadida doimi ravishda O‘simliklar karantini davlat inspektorlari nazorat olib bormoqda. Toshkent shahrining fitosanitar tozaligini ta’minlash, shahar hududida tabiiy biofonni yaratish, biologik kurash tizimini keng joriy etish, parvarish qilinayotgan manzarali va mevali daraxtlarni har xil kasalliklarga chalinishdan asrash, mahalliy zararkundalarga qarshi kurashish borasida Toshkent shahar O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi tomonidan turli choralar qo‘llanib kelinmoqda.
Xususan, kuz mavsumining oktabr, noyabr oylarida qishloq xo‘jaligi ekinlariga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan zarali organizmlarni diapauza miqdoriga aniqlik kiritish maqsadida kuzgi kuzatuv-nazorat yer kovlash ishlari amalga oshirilmoqda. Unda zararkunanda, kasallik va begona o‘tlarning tarqalishi hamda o‘simliklarni zararlash darajasi, ob-havo, tuproq-iqlim sharoitlari hamda yetishtirilayotgan ekinlar naviga qarab, zararli organizmlarni rivojlanishini oldindan prognozlash chora -tadbirlari olib borilmoqda.

