Xalqaro diabetga qarshi kurash kuni: muammo va yechimlar ilmiy nuqtai nazardan
Har yili 14-noyabr sanasi jahon bo‘ylab Xalqaro diabetga qarshi kurash kuni sifatida keng nishonlanadi. Ushbu sana qandli diabet muammosining global miqyosda tobora dolzarb ahamiyat kasb etayotganini ko‘rsatadi. Zamonaviy tibbiyot ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda dunyo bo‘yicha yarim milliarddan ziyod kishi qandli diabetdan aziyat chekmoqda. Ularning asosiy qismi 2-tur diabet bilan bog‘liq holatlarni tashkil etadi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti prognozlariga ko‘ra, 2050-yilga borib mazkur ko‘rsatkich qariyb 1,5 milliard nafarga yetishi mumkin.
Mutaxassislar qandli diabetning keng tarqalishida asosiy omil sifatida nosog‘lom turmush tarzini ko‘rsatmoqda. Ilmiy tadqiqotlar shuni tasdiqlaydiki, noto‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollikning kamligi, ortiqcha vazn va stress kabi omillar insulin rezistentligini kuchaytirib, kasallik rivojlanishiga zamin yaratadi.
Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori o‘rinbosari Sevara Fakhrutdinova ta’kidlaganidek, qandli diabet surunkali kasallik sifatida jiddiy asoratlar keltirib chiqarishi bilan xavflidir. Shu bois, uning oldini olish va nazorat qilishda erta tashxis alohida ahamiyatga ega. Ilmiy nuqtai nazardan qaralganda, kasallikni ilk bosqichlarda aniqlash organizmdagi metabolik o‘zgarishlarni o‘z vaqtida barqarorlashtirish imkonini beradi.
Qandli diabetning bir nechta turlari mavjud bo‘lib, ular orasida 1-tur diabet ko‘proq bolalar va o‘smirlar orasida uchraydi. Agar o‘z vaqtida tegishli davo choralari ko‘rilib, kasallik nazoratga olinmasa, og‘ir asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin.
2-tur diabet esa oldini olish mumkin bo‘lgan kasallik hisoblanadi. Sog‘lom turmush tarzi, to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollik, qondagi qand miqdorini doimiy nazorat qilish — skrining, zarur hollarda tegishli dori vositalarini qo‘llash orqali ushbu kasallikni jilovlash mumkin.
Insonda diabet oldi holatlari kuzatilganda, shifokor tavsiyalariga to‘liq rioya etish orqali qandli diabet rivojlanishining oldini olish mumkin va ko‘p hollarda statsionar davolanishga ehtiyoj qolmaydi.
Qondagi qand miqdori sutka davomida me’yor darajasida ushlab turilishi lozim. Shu orqali diabet asoratlarining oldini olish yoki ularni kechiktirish mumkin. Shu sababdan aholi, avvalo, patronaj hamshirasi va oilaviy shifokor, qandli diabet bilan kasallangan bemorlar esa endokrinolog nazoratida bo‘lishi zarur.
Zarurat tug‘ilganda, kardiolog, nevropatolog, nefrolog, oftalmolog va jarroh mutaxassislari bilan maslahatlashgan holda davolanish choralarini ko‘rish tavsiya etiladi.
Agar diabetning aniq belgilari kuzatilmasa, biroq siz xavf guruhiga kiradigan bo‘lsangiz, yiliga kamida bir marta qondagi qand miqdorini tekshirtirib turish maqsadga muvofiq.
Zoyirov Shuhrat
Buxoro viloyati G‘ijduvon tuman sog‘liqni saqlash bo‘limiga qarashli 25- oilaviy poliklinika mudiri