Shamollash: sabablari, belgilari va oldini olish

Shamollash: sabablari, belgilari va oldini olish
Shamollash: sabablari, belgilari va oldini olish
G‘ijduvon tumani 18-sonli oilaviy poliklinika mudiri Mirzayusupova Jamila bilan intervyu
— Shamollash qanday kasallik hisoblanadi?
— Shamollash — bakteriyalar va viruslar kabi turli xil qo‘zg‘atuvchilar keltirib chiqaradigan o‘tkir respirator kasallikdir.
— Ushbu kasallik qanday yuqadi?
— Shamollash ko‘pincha bemor odam bilan aloqa qilganda yuqadi. Infeksiya yuqishining eng katta xavfi kasallikning birinchi kunlarida kuzatiladi, ba’zan bu davr birinchi simptomlar paydo bo‘lishidan ikki kun oldin boshlanadi. Infeksiya havo-tomchi yo‘li bilan yuqadi. Yo‘tal va aksirishda burun-halqumdan shilimshiq mikrozarralari havoga tushadi va yaqin atrofdagi odamlarning shilliq pardalariga o‘tirib qolishi mumkin. Kasallik, shuningdek, kontakt-maishiy yo‘l bilan ham yuqishi mumkin: uy jihozlari va buyumlarning yuzasiga tushib, qo‘zg‘atuvchilar uzoq vaqt davomida yashash qobiliyatini saqlab qoladi.
— Kimlar shamollashga ko‘proq moyil bo‘ladi?
— Ko‘pincha shamollash bilan og‘iz va burun-halqum sohasida mahalliy immunitet zaiflashgan odamlar kasallanadi. Bu esa bakteriyalar va viruslarning ko‘payishi uchun qulay sharoit yaratadi.
— Shamollashning asosiy belgilari nimalardan iborat?
— Shamollashni davolashda terapevtlar simptomlar darajasini hisobga oladilar. Ular quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin: zaharlanish, bosh og‘rig‘i, toshma, yo‘tal paytida ko‘krak og‘rig‘i, tana haroratining ko‘tarilishi, tomoq og‘rig‘i va burun bitishi.
— Ushbu kasallikning oldini olish uchun nimalarga e’tibor berish kerak?
— Shamollash profilaktikasi bir nechta yo‘nalishni o‘z ichiga oladi. Maxsus chora-tadbirlar sifatida emlash muhim ahamiyatga ega. Nospetsifik profilaktikaga esa burun-halqumni yuvish, infeksiyalanganlar bilan aloqa qilmaslik, bir martalik salfetkalar va dezinfeksiyalovchi vositalardan foydalanish, to‘laqonli ovqatlanish va kun tartibiga rioya qilish hamda nafas gimnastikasi kiradi.
— Aholiga qanday tavsiyalar bergan bo‘lardingiz?
— Shamollash alomatlari paydo bo‘lganda o‘z vaqtida choralar ko‘rish muhim. Bemor ko‘proq dam olishi, organizmni suyuqlik bilan ta’minlashi va gigiyena qoidalariga qat’iy amal qilishi lozim. Agar tana harorati yuqori bo‘lsa yoki simptomlar kuchaysa, albatta mutaxassisga murojaat qilish kerak. Eng muhimi, profilaktika choralariga amal qilish orqali kasallikning oldini olish mumkin.

Shuhbatdosh jurnalist Nigora Hamdamova 
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-