Sobiq mahkuma stereotiplarini qanday yengadi?
Statistik raqamlar mamlakatimizda xotin-qizlar ishtirokidagi jinoyatlar soni ortayotganini ko‘rsatyapti. Bu esa o‘z navbatida mahkumalar sonining ortib borayotganini anglatadi. Har bir inson, xatosidan qat’iy nazar, normal hayotga qaytish huquqiga ega. Yurtimizda ham bu borada tizimli ishlar amalga oshirilmoqda, biroq mahkumalar bu kabi imkoniyatlardan foydalana olishyaptimi, kabi savollar bizni o‘ylantiryapti.
Yodingizda bo‘lsa, 2018 yilda ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarni ijtimoiy-maishiy ta’minlash va ishga joylashtirish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar to‘g‘risidagi O‘bekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 543-sonli qarori qabul qilingan edi.
Qarorga muvofiq, ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarning ijtimoiy himoya qilinishini tashkil etish va ta’minlash, ularga tegishli tartibda kiyim-kechak, oziq-ovqat va turar joy uchun bir martalik to‘lanadigan nafaqa pul berish, qolaversa maqbul ijtimoiy-maishiy sharoitlar yaratish, soha mutaxassislaridan yordam olishi, uy-joy va maishiy hamda boshqa ijtimoiy-maishiy muammolarni hal qilishda, qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlar olishda yordam ko‘rsatish kabi bir qator imtiyozlar ko‘zda tutilgan edi. Bu kabi yordamlar jamiyatda sobiq mahkumalarga nisbatan avj olgan eskicha qarashlarni bartaraf etolmasa-da, ozodlikka chiqqan insonga iqtisodiy-ijtimoiy ko‘mak berishi rost.
Soha mutaxassislari yurtimizdagi aksariyat xotin-qizlarga panjara ortidagi hayotdan ko‘ra ko‘proq, ozodlikka chiqqandan so‘ng davom etadigan hayotning og‘ir kechishini ta’kidlashmoqda. Sababi esa jamiyatimizda eskicha qarashlar, turli stereotiplarning avj olganidir. Salbiy stereotiplar kecha yoki bugun paydo bo‘lgan tushuncha emas. Salbiy qarashlarning paydo bo‘lishi – insoniyatning paydo bo‘lish davriga borib taqaladi. Bu shunday jirkanch illatki, u do‘stlar orasiga nifoq soladi, to‘g‘ri yo‘ldagi insonni ham yo‘lidan adashtirib, insoniylik tuyg‘usiga putur yetkazadi. Salbiy stereotiplar tufayli, xato qilgan insonni jamiyat qabul qilmaydi, atrofidagilar unga nisbatan salbiy munosabatini namoyish etishda davom etadi va buning natijasida jamiyatdan yuz o‘girgan, hayotdan alamzada kayfiyatdagi insonlar soni ortadi. Bir so‘z bilan aytganda, salbiy stereotiplarning insoniyatga zararlarini sanasak, sahifalar yetmasligi aniq. Xo‘sh, odamlarni bu kabi illatdan qanday qutqarish mumkin, sobiq mahkuma stereotiplarni qanday yengadi, shu kabi savollar bilan mavzu qahramonlariga yuzlandik. Sobiq mahkuma Shahodat Olimova (ism familiya o‘zgartirildi) shunday deydi:
– Men firibgarlik normasi bilan 2 yil panjara ortida jazoni ijro etdim. Ozodlikka chiqqanimga 5 oy bo‘ldi. Rostini aytsam, normal hayot kechirish uchun juda qiynalyapman. Menga hukm o‘qilgandan so‘ng erim “boshqasi”ni topib olibdi, uning yaqin qarindoshlari meni o‘z uyimga kiritmayapti. Panjara ortida ekanimda erim ham, uning qarindoshlari ham 20 yoshli qizimdan xabar olishmapti, bolam onamning uyida yashabdi. Jinoyatni men qildim, qizimning aybi nima? (Yig‘ladi) Erimning yaqin qarindoshlari meni turli harakatlari, gaplari orqali tinimsiz haqoratlashyapti, kamsitishmoqda. Savdo bilan shug‘ullanardim, qo‘limda katta-katta pul bo‘lardi, o‘sha paytda ular meni hurmat qilishardi. To‘rt yil ilgari mol yetkazib berish sharti bilan bir nechta odamdan pul olgandim, kelishilgan vaqtda tovarni yetkazib berolmadim, ishlarim yurishmay qoldi, pullarini ham qaytarolmay, firibgar degan tamg‘a bilan xibsga olindim. U yerdan chiqib, jabrlanganlarga yetkazilgan zararni qoplash uchun uyim yaqinidagi zavodga ishga kirdim. Ishxonamdagi ayollar ham mendan o‘zini olib qochadi, men bilan gaplashishni istamaydi. Gohida shu qadar yomon odammanmi, deb o‘zimga savol beraman. Yaqinda qizimning hayotida sodir bo‘lgan holat menga juda og‘ir botdi. Bir necha yillardan buyon qizim bilan telefon orqali bog‘lanib turadigan yigit, panjara ortida "o‘tirib" chiqqanimni eshitib, munosabatiga nuqta qo‘yibdi. Bu ham menga zarba bo‘ldi. Atrofimda menga dalda beradigan insonning o‘zi yo‘qday, nazarimda. Gohida onam va qizimning ham menga nisbatan sovuq munosabatini his qilaman.

Inson shirin so‘z eshitgisi, mehrni his qilgisi keladi, nahotki qilgan xatolarim tufayli bir umr shunday azob cheksam, – deydi u.
Jamila Basharova: – Yoshim 59 da, giyohvand modda yetishtirish aybi bilan 5 yilu 6 oyga "kesilganman". Ozodlikka chiqqanimga hali ko‘p bo‘lmadi. Uzoq yillardan buyon xalq tilida aytganda "ko‘kyo‘tal" hastaligi bilan kurashaman. Yetti yildan oshdi chamamda, bir dugonam kasallikdan xalos bo‘lishim uchun giyohvand o‘simlikni iste’mol qilishim kerakligini aytdi. Otamdan qolgan eski uyning tomidan giyohvand o‘simlikning urug‘larini qidirdim va topdim. Sog‘ligim uchun uni gul tuvaklariga ekib ko‘paytirdim, iste’mol qildim. Shu orada bir-ikkita tanishimga "dorilik" uchun bergandim. Bir kuni huquq-tartibot organi xodimlari kelib, uyimda tintuv o‘tkazdi va meni qo‘lga oldi. Panjara ortida qiynaldim, ozodlik baribir yaxshida, hozir o‘zimni yaxshi his qilyapman. Jamiyatimizda ozodlikka chiqqan ayolga odamlar yomon ko‘z bilan qarashadi. Bu kabi stereotiplardan qo‘rqmayman, birovlarning fikri menga umuman qiziq emas. Odamlar meni hurmat qilsin, deb jonimni koyitish niyatim ham yo‘q. Turmush o‘rtog‘im vafot etganiga 15 yil bo‘ldi, yolg‘iz o‘g‘lim mahkumalik paytimda Rossiya davlatiga “uchib” ketibdi. Qo‘ni-qo‘shnilarim rus, tatar, koreys millatiga mansub odamlar. O‘ylashimcha, ular birovning hayotini muhokama qiladigan odamlar emas. Kichkinagina uyim, uyimning oldida mini do‘koncham bor. O‘sha yerda qurt, sigareta, pista va shunga o‘xshash mahsulotlar sotaman. Topayotgan pulim o‘zimga yetadi. Yoshim o‘tib boryapti, menga faqat tinchlik va xalovat kerak, deya biz bilan xayrlashdi Jamila Basharova.
Psixolog, Nozima Qurbonqulova: – Bu jarayonda ikki nafar sobiq mahkumaning qarashlariga guvoh bo‘lyapmiz. Birinchi qahramonimiz Shahodat Olimovaning ayni damdagi ruhiy holati yaxshi emas. Unga o‘z vaqtida ruhiy ko‘mak berilmasa, u bilan bog‘liq turli nohush vaziyatlar ro‘y berishi mumkin. U ozodlikka chiqqanidan so‘ng jamiyatdagi stereotiplarni yenga olmayapti, atrofni ayblash orqali salbiy vaziyatlarni o‘ziga chaqiryapti. U atrofidagilarni boricha qabul qilsin, o‘zgartirishga urinmasin. Shunchaki, ularga salbiy qahramon rolini ijro etishlari uchun ruxsat bersin. Shahodat o‘z taqdiriga rozi bo‘lmay, nolishda davom etaversa, og‘ir kasalliklarga chalinishi, hayoti izdan chiqishi mumkin.
Shahodatga maslahatimiz, e’tiborni faqat o‘ziga qaratib, tashqi ko‘rinishi va salomatligi ustida ishlasin. O‘zini ayblashni bas qilsin, aksincha o‘zini sevsin, ardoqlasin, hurmat qilsin. Shundagina boshqalar ham uni seva boshlaydi.
Ikkinchi qahramonimiz Jamila Basharovaning ham ruhiy holati normal deb aytolmayman. Biroq birinchi qahramonimizga nisbatan, o‘zini anchagina qo‘lga olgan ayolligi sezilib turibdi. Bir qarashda Jamila Basharova o‘zi uchun yashayotgan, salbiy stereotiplarni yengayotgan ayoldek ko‘rinadi. Ammo mehrga muhtojligi va bu mehrni hech kimdan kutmasligi, achchiq qismatiga tan berib, ko‘nikkani – kunday ravshan. Bunday ruhiyat egalari bir-ikki, boringki besh yilgacha sokin yashashadi, keyin “portlaydi”. U salbiy stereotiplarga qarshi kurashmagan, eskicha qarashlarni to‘laqonli yengib o‘tmagan, aksincha barchasini yuragiga ko‘mib qo‘yaqolgan. Hozircha hamma yoq sokin, kun kelib yuragi tubidagi jarohatlar, sog‘inchlar, yolg‘izlik iztiroblari unib chiqadi yoki portlaydi. Bu portlash ko‘p hollarda – og‘ir kasallik va injiq keksalik ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
Jamiyatimizda eskicha qarashlar shu davrgacha bo‘lgan va bundan keyin ham bo‘laveradi. Biz jamiyatni o‘zgartirishga harakat qilmaylik, o‘zgarishni o‘zimizdan, ongimizdan boshlaylik. Sobiq mahkumalar o‘zlarini sevishni, ardoqlashni, o‘z ( tashqi ko‘rinishi, salomatligi) ustida tinimsiz ishlashni zudlik bilan boshlashlari kerak. Ertangi kunim nima bo‘ladi, degan hadikda yashashni bas qilib, bugungi kunidan mazmun topishga intilishlari lozim. Shundagina, atrofidagi salbiy stereotiplar ham o‘z-o‘zidan chekina boshlaydi, – dedi suhbatdoshimiz.
Joriy yilning 1 noyabr kuniga qadar birgina Toshkent viloyatida yashovchi xotin qizlar ishtirokida 540 ta (unda 578 nafar xotin-qiz ishtirok etgan) jinoyat sodir etildi. (O‘tgan 2023 yilning 12 oyi davomida xotin-qizlar tomonidan 440 ta jinoyat sodir etilgan.) Jinoyat sodir etgan xotin-qizlarning 170 nafari doimiy ishsiz fuqaro sifatida ro‘yxatga olingan edi. Joriy yilning noyabr oyiga qadar viloyat hududida yashovchi 64 nafar xotin-qiz ozodlikka chiqishgan bo‘lsa, shundan 56 nafar xotin-qizning ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashilgan, 41 nafarining bandligi ta’minlangan. Qolaversa, joriy yil birgina Toshkent viloyati hududida 2160 nafar xotin-qiz Profilaktika hisobiga kiritildi, 2089 nafar ayollar Profilaktika hisobidan chiqarildi. Demak, bu raqamlar tuzalish yo‘liga o‘tgan xotin-qizlardan, jinoyat qilishga moyil xotin-qizlar sonining ko‘pligini anglatmoqda. Eng achinarlisi, viloyatimiz hududida turli salbiy oqimlar ta’siriga moyilligi yuqori bo‘lgan 88 nafar xotin-qiz aniqlangan. Raqamlarning ortib borishi jazoni ijro etish muassasalarida mahkumalar sonining ortishiga zamin yaratadi.
Bahrom Berdiyev,
Ohangaron tumani IIB JXH
probatsiya guruhi katta inspektori:
– Ayni damda tumanimizda yashovchi 20 nafarga yaqin xotin-qizlar jazoni ijro etish muassasalarida. Kasbim taqazosi bilan Jazoni ijro etish muassasalarida bo‘laman, mahkumalar bilan suhbatlashaman. O‘zbek ayollari jinoyatni sodir qiladi-da, keyin quda-anda, qarindosh-urug‘laridan uyalib yashaydi. Ularning aksariyati qamalishdan qo‘rqmaydi, lekin "qamalib chiqqan" degan tamg‘adan, odamlarning gap-so‘zidan qo‘rqadi. Aslida bu - normal holat emas. Birovlarning fikriga qaram bo‘lib yashash -qullikdan boshqa narsa emas. Ohangaron tumanida joriy yilda olti nafar mahkuma ozodlikka chiqdi.Ularning 4 nafari doimiy mehnat bilan band, o‘z yo‘lini topib ketdi, desam bo‘ladi. Ikki nafari esa haliyam tushkunlikda yashayapti, hali biror joyga ish so‘rab bormadi, biz tavsiya qilgan ishlarni maqul ko‘rishmadi. To‘g‘rirog‘i, biz ko‘rsatgan ishlarning oylik-maoshi ularga maqul kelmadi. Yuqori maosh olish uchun esa hunari yoki qo‘lida diplomi bo‘lishi kerak. Shu bois ikki nafar mahkumani bepul kasblarga o‘qitishni reja qilib turibmiz, soha vakillariga bu haqda xabar berdik. Yodingizda bo‘lsa, 2018 yilda ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarni ijtimoiy-maishiy ta’minlash va ishga joylashtirish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar to‘g‘risidagi O‘bekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 543-sonli qarori qabul qilingan. Mazkur qaror ijrosi tumanimizda ham amalga oshirilyapti, reabilitatsiya markazimiz ham bor. Biroq, sobiq mahkumalar stereotiplarni yengishi uchun yaqinlariga suyanadi. Atrofida yaqinlari bo‘lmasa tanishlari, hamkasblari ularni ruhiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashlari kerak. Shunday mahkumalarni ko‘rganman, qilgan jinoyati juda og‘ir, lekin qamalib chiqqanidan so‘ng tezda o‘z yo‘lini topib ketgan. Yengil jinoyat qilib, panjara ortida jazosini o‘tab qaytgan ayrim opa-singillarimiz esa qamoqdan chiqib jamiyatga singib ketolmaydi, uzoq vaqt pana-panada odamlardan yashirinib yuradi. Bundan xulosa qilishimiz mumkin, jamiyatdagi stereotiplarni yengib yashash - insonning o‘ziga, irodasiga bog‘liq, – dedi qat’iy ohangda soha vakili.
XULOSA O‘RNIDA:
Jamiyatdagi o‘zgarishlar eng avvalo insonning ongida boshlanishi kerak! Bu o‘zgarishlarga har birimiz salmoqli hissa qo‘shishimiz mumkin, barchasi – o‘z qo‘limizda! Ha aytgancha, jamiyatda inson huquqlari qonun bilan qo‘riqlanadi. U jazosini panjara ortida o‘tab qaytdi, bu esa uning qilgan jinoyati uchun boshqa badal to‘lamasligini anglatadi. Bordiyu atrofida o‘tmishini yuziga solib haqoratlaydigan, normal hayot kechirishini cheklaydigan insonlarga duch kelsa huquq-tartibot organlariga murojaat qilishi, qonun yo‘li bilan ko‘ngilsizliklarni bartaraf etishi lozim. Yurtimizda o‘z jazolarini panjara ortida ado etib chiqqan yuzlab xotin-qizlar bor. Biz ularning barchasi bilan suhbatlashib, fikrlari-kechinmalarini bayon qilsak sahifalar yetmasligi aniq. Atrofingizda eskicha qarashlar, turli stereotiplar tufayli jamiyatda o‘z o‘rnini topolmayotgan(ishga joylasha olmayotgan, atrofdagilar bilan munosabatga kirisha olmayotgan) sobiq mahkumalar bo‘lsa, imkoningiz yetgancha ularga yordam bering yoki har bir mahallaga biriktirilgan xotin-qizlar faollariga bu xususda xabar qilib, sobiq mahkumaga ko‘mak ko‘rsatilishiga erishing. Shundagina u jamiyatda avj olgan salbiy stereotiplarni osongina yenga olishi mumkin. Xulosa o‘zingizdan!
Ma’lumot uchun: Bugungi kunda MFYlarga biriktirilgan xotin-qizlar faollari ijtimoiy yordamga muhtoj xotin-qizlar muammolarini hal etib, ularga mas’ullar ishtirokida tizimli yordamlar ko‘rsatmoqda. (Ishga joylashtirish, kasb-hunarga o‘qitish, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish) Hurmatli opa-singillar, Sizlarni ham yuqorida keltirilgan muammolar qiynasa zudlik bilan mahallangizdagi xotin-qizlar faollariga murojaat qiling!