2024/2025 o‘quv yilidan boshlab, Milliy gvardiya Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik liseyiga qiz bolalar ham qabul qilinadi

2024/2025 o‘quv yilidan boshlab, Milliy gvardiya Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik liseyiga qiz bolalar ham qabul qilinadi
AOKAda Milliy gvardiya devoni rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida tizimda kadrlar malakasini oshirish, xodimlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berildi:
Bugungi kunda Milliy gvardiyada ham ta’lim tizimi tubdan isloh qilinib, yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.
Hozirgi kunda Prezidentimizning 2021 yil 15 apreldagi “Jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida professional kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5077-son qarori bilan Malaka oshirish fakulteti faoliyat yurtimoqda.
Malaka oshirish fakulteti 10 ta mutaxassislik bo‘yicha tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari o‘qitiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 fevraldagi Farmoniga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazi tashkil etilgan.
Ixtisoslashtirilgan o‘quvning asosiy vazifasi etib, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Ichki ishlar vazirligi, Prezident davlat xavfsizligi xizmati va Mudofaa vazirligining harbiy xizmatchi va xodimlarini boshlang‘ich tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlash belgilangan.
Markazda 23 ta mutaxassislik bo‘yicha tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari bo‘yicha harbiy xizmatchilar o‘qitiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining o‘quv markazlari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5016-son Qaroriga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Farg‘ona, Jizzax va Toshkent mintaqaviy o‘quv markazlari faoliyat yuritmoqda.
Markazlarning asosiy vazifasi etib, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining harbiy xizmatchi va xodimlari, ichki ishlar organlari safdorlar tarkibi hamda vazirlik va idoralarning qo‘riqlash (harbiylashtirilgan, qorovullik) bo‘linmalari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish etib belgilangan.
Milliy gvardiya bo‘linmalaridagi harbiy xizmatchi va xodimlar 3 yilda 1 marotaba malaka oshirish kurslarida o‘tishadi.
Milliy gvardiya tasarrufidagi ta’lim muassasalari
Milliy gvardiya tasarrufida Jamoat xavfsizligi universiteti, “Temurbeklar maktabi” va Harbiy musiqa akademik liseyi, shuningdek respublikamiz bo‘ylab jami 56 ta maktablarda, xususan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va barcha viloyatlarda 4 tadan maktabda harbiy-vatanparvarlik sinflari faoliyat yuritib kelmoqda.
Davlatimiz rahbari tomonidan 2017 yil noyabr oyida qabul qilingan qarorga muvofiq, o‘sib kelayotgan yosh avlodni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda ona Vatanga sadoqat va uning mustaqilligini himoya qilish bo‘yicha burch tuyg‘usini shakllantirish, harbiy xizmatga hurmat tuyg‘ularini singdirish, shuningdek, oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun yetarli bilimga ega bo‘lgan iqtidorli yoshlarni tizimli ravishda tayyorlash maqsadida, Vazirlar Mahkamasining 2020 yilda “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida harbiy-vatanparvarlik sinflari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilingan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlarda 4 tadan jami respublikamiz bo‘ylab 56 ta maktablarda harbiy-vatanparvarlik sinflari tashkil etilib Milliy gvardiyaga biriktirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 30 oktyabrdagi PQ-349-son qaroriga muvofiq 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab, Milliy gvardiya Toshkent “Temurbeklar maktabi”  harbiy-akademik liseyiga qiz bolalar ham qabul qilinadi.
Toshkent “Temurbeklar maktabi”da o‘qish davomiyligi ikki yil bo‘lib, liseyning yillik qabul kvotasi 150 kishini tashkil etadi.
Milliy gvardiyaning Harbiy musiqa akademik liseyi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 16 fevraldagi PQ–129 - son qarori “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy musiqa akademik liseyini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori bilan tashkil etilgan.
Milliy gvardiyaning Harbiy musiqa akademik liseyiga nomzodlar Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 29 noyabrdagi 971-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Harbiy musiqa akademik liseyining 5-sinfiga umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 4-sinfini bitirgan o‘quvchilarni tanlab olish orqali iqtidorli o‘g‘il-qizlar o‘qishga qabul qilinadi
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-