Koreya Respublikasi ta’lim tizimi, uning rivojlanish hamda Oliy ta’lim muhitidagi o‘zgarishlar

Koreya Respublikasi ta’lim tizimi, uning rivojlanish hamda Oliy ta’lim muhitidagi o‘zgarishlar

Koreyaning zamonaviy ta’lim tizimi rasman Yaponiya mustamlakasidan ozod bo‘lgan 1945 yildan boshlangan. Ammo kengroq qaraydigan bo‘lsak, koreyslarda ta’lim tizimi 1894 yilgi islootlardan keyin yuzaga kelgan, deyish mumkin. 1881 yili Koreyadagi Choson xukumati mamlakat xavfsizligini kuchaytirish maqsadida maxsus armiya tuzadi va g‘arbliklar harbiy san’atdan dars bera boshladilar. 

1945 yili Ikkinchi Jahon urushi bilan birga Koreyadgi Yaponiya mustamlakachiligi ham tugadi hamda Koreada boshqa soxalar qatori ta’lim tizimini o‘zgartirish maqsadida "Ta’limni rivojlantirish qo‘mitasi" tashkil etildi va qo‘mita oldiga darsliklar yaratish majburiyati qo‘yildi. 1992 yilga kelib esa boshlang‘ich maktablar faoliyati yanada rivojlanishi uchun xukumat tomonidan bir qancha imtiyozlar yaratildi. 
Koreyada ta’lim jarayoni quyidagicha tashkil topgan : 
boshlang‘ich maktab (6-11 yosh) 6 yil
o‘rta maktab (12-14 yosh) 3 yil, 
yuqori maktab (15-17 yosh) 4 yil,
 (kasb hunar kolleji 2 yil),
 universitet va institut (18-21 yosh) 4 yil. Boshlang‘ich maktab 6 yil va o‘rta maktab 3 yil majburiy ta’lim bo‘lib, bunda bepul o‘qitiladi 
Koreyada o‘quv yili ikki semestrga bo‘lingandir. Birinchi semestr 1 martdan maktab direktori tomonidan belgilangan kunlar, ta’tillar va o‘quv rejasini hisobga olgan holda o‘tkaziladi. Boshlang‘ich, o‘rta va yuqori maktab o‘quv yili dasturi quyidagi ikki bo‘limga bo‘linadi: standart o‘quv dasturi va o‘z tashabbusiga ko‘ra ijodiy o‘quv mashg‘ulotlari kiritilgan dastur. 
Darslar bir yilda 10 ga yaqin fanlarda 1222 soatni tashkil etadi. O‘rta maktab tugatilgach yuqori maktablarda ta’lim davom ettiriladi. Maktabning yuqori sinflari uchun 3 yil davomida 130 soatdan iborat kadastr ishlarini bajarishga oid boshlang‘ich bilimlar beriladi.  
Yuqori maktablar bir necha turlarga bo‘linadi: davlat yuqori maktablari (Koreya Ta’lim va Texnika fanlari vazirligi, Madaniyat, Jismoniy tarbiya va sayyohlik vazirligi boshqaradi),Umumiy yuqori maktablar (Har bir viloyatdagi yuqori tashkilotlar tomonidan boshqariladi), xususiy yuqori maktablar. Shuningdek, yuqori maktablar o‘qitish fanlariga ko‘ra ham bir qancha turlarga bo‘linadi: umumiy maktablar, ixtisoslashtirilgan maktablar (qishloq xo‘jaligi, sanoat, dengiz xo‘jaligi, axborot), maxsus maktablar (litsey shaklidagi maktab), texnika maktablari, chet tili maktabi, jismoniy tarbiya maktabi, san’at maktablari. Koreyada Ta’lim vazirligi maxsus tashkil etgan yuqori maktablar ham bor. Bular asosan ma’lum bir ixtisslikka moslashgan holda o‘qitiladi.

       Koreyaning Oliy ta’lim muhitidagi o‘zgarishlar va geofazoviy ma’lumotlar sohasidagi o‘ziga xos xususiyatlar 
Koreyada ijtimoiy muhitning o‘zgarishi ta’lim tizimida ham o‘zgarishlarga moslashish bo‘yicha o‘ziga xos strategiyalar qo‘llanilmoqda. 
Asosiy o‘zgarishlar tug‘ilishning pastligi, mintaqaviy nomutanosiblikning yuzaga kelishi, tarmoqlar o‘rtasidagi chegaraning yo‘qolishi, aholi sonining kamayishi natijasida ish o‘rinlaridagi o‘zgarishlar natijasida yuzaga kelmoqda. 
Buning natijasida uzluksiz ta’limga katta e’tibor qaratildi. Texnologik o‘zgarishlarning paydo bo‘lishi bilan umrbod ta’limga talab ortib bormoqda. Texnologik yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun umrbod ta’lim olishga intilayotgan katta yoshli o‘quvchilarning ehtiyojlarini hisobga olish zarurati paydo bo‘ldi. Ushbu strategiya katta yoshdagi o‘quvchilarning ehtiyojlarini qondiradigan va ularga moslashuvchan ta’lim imkoniyatlarini taqdim etadigan dasturlar va kurslarni ishlab chiqishni o‘z ichiga oladi. 
Bu o‘z navbatida Inson resurslarini rivojlantirish bilan bog‘liq Koreya siyosatida bir qancha o‘zgarishlar yuz berdi. Oliy ta’limni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning asosiy qismi Markaziy vazirlik tomonidan amalga oshirilad. Milliy siyosat sifatida yarim o‘tkazgichlar ishlab chiqarish kabi yuqori texnologiyali sohalarda iqtidorli odamlarni tanlab oladi va taqdirlayli hamda oliy ta’lim uchun ajratilgan moliyaviy yordamning 60 %dan ortig‘i ushbu istedodlarni rivojlantirishga sarflanadi. So‘ngi yillarda malakali kadrlar tayyorlash bilan oliy ta’lim muassasalari ma’suliyatiga ham aloxida e’tibor qaratilmoqda.

Shovkat Olimov
Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limi boshlig‘i 
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-