Kunduz kuni chiroqlarni yoqib qo‘yganlar jarimaga tortilishi rostmi?
Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yil boshidan buyon "O‘zenergoinspeksiya" tomonidan elektr va issiqlik energiyasini behuda sarflash bilan bog‘liq 247 ta ma’muriy ish rasmiylashtirilgan.
Elektr va issiqlik energiyasini behuda sarflash (kunning yorug‘ vaqtida chiroqlarni yoqib qo‘yish) holatlari uchun javobgarlik mavjud. Buning uchun mansabdor shaxslarga BHMning 5 baravaridan (1 mln. 700 ming so‘m) 15 baravarigacha (5 mln. 700 ming so‘m) miqdorda jarima, agar bu 1 yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, BHM 15 baravaridan 30 baravarigacha (10 mln. 200 ming so‘m) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.