O‘zbekistonda moddiy madaniy meros obyektlari joylashgan hududlarga bir martalik plastik mahsulotlarni olib kirish taqiqlanishi kutilmoqda

O‘zbekistonda moddiy madaniy meros obyektlari joylashgan hududlarga bir martalik plastik mahsulotlarni olib kirish taqiqlanishi kutilmoqda

O‘zbekistonda moddiy madaniy meros obyektlari joylashgan hududlarga bir martalik plastik mahsulotlarni olib kirish taqiqlanishi kutilmoqda

O‘zbekistonda moddiy madaniy meros obyektlari joylashgan hududlarga bir martalik plastik mahsulotlarni olib kirish taqiqlanishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasida ko‘zda tutilgan.
Unda qayd etilishicha, keyingi yillarda atrof-muhitning muhofaza qilinishini taʼminlash bo‘yicha aniq maqsadga qaratilgan ishlar olib borilmoqda. Biroq olib borilayotgan ishlar sohani to‘laligicha qamrab olmasdan tor doira bilan cheklamoqda. Bundan tashqari, chiqindilarning atrof-muhit, yer, suv va havoga zararli oqibatlar keltirib chiqarishi mumkinligini inobatga olib, ayrim qonun hujjatlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish zarurati yuzaga kelmoqda.
Qonun loyihasiga ko‘ra, “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonun quyidagi mazmundagi 451-modda bilan to‘ldiriladi: Tabiatni tez yo‘qolib ketmaydigan mahsulotlar bilan ifloslanishdan muhofaza qilish.
Tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan hududlarga, moddiy madaniy meros obyektlari joylashgan hududlarga bir martalik plastik mahsulotlarni (tabiiy organik polimer mahsulotlar mustasno) olib kirish, sotish va ishlab chiqarish taqiqlanadi. Olib kirish, sotish va ishlab chiqarish taqiqlangan bir martalik plastik mahsulotlarning ro‘yxati Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga bir qator qo‘shimchalar kiritiladi.
Quyidagi mazmundagi 914-modda bilan to‘ldiriladi: Bir martalik plastik mahsulotlarni olib kirish, sotish va ishlab chiqarish.
Tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan hududlarda, moddiy madaniy meros obyektlari joylashgan hududlarga bir martalik plastik mahsulotlarni (tabiiy organik polimer mahsulotlar mustasno) olib kirish, sotish va ishlab chiqarish — fuqarolarga BHMning 2 baravaridan 5 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan xuddi shunday huquqbuzarlik ancha miqdordagi qiymatda sodir etish, — fuqarolarga BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — 15 baravaridan 20 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan xuddi shunday huquqbuzarlik ko‘p miqdordagi qiymatda sodir etish — fuqarolarga BHMning 20 baravaridan 25 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — 25 baravaridan 30 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Bundan tashqari, quyidagi mazmundagi 1633-modda bilan to‘ldiriladi: Faoliyati natijasida oqova suv hosil qiluvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarini kanalizatsiya tarmoqlariga ulanmasdan yoki muqobil tozalash uskunalari bilan jihozlanmasdan faoliyat yuritishi.
Faoliyati natijasida oqova suv hosil qiluvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarini kanalizatsiya tarmoqlariga ulanmasdan yoki muqobil tozalash uskunalari bilan jihozlanmasdan faoliyat yuritishi — fuqarolarga BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — 100 baravaridan 300 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-