2024 yil 1- yanvardan "schyotchik"larsiz yer osti suv olish inshootlaridan foydalanish taqiqlanadi
2024 yil 1- yanvardan "schyotchik"larsiz yer osti suv olish inshootlaridan foydalanish taqiqlanadi
2024 yil 1- yanvardan " schyotchik" larsiz yer osti suv olish inshootlaridan foydalanish taqiqlanadi.
Bu haqda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi boshqarma boshlig‘i Nurbek Po‘latov ma’lum qildi.
Respublikamizning 7 ta viloyati 21 ta tumanida yer osti suvlari sathining 5 metr va undan ortiq pasayib ketayotgan holatlari qayd etilib, mazkur hududlarda suvga quduq burg‘ilash va ulardan foydalanish bo‘yicha moratoriy joriy etildi.
Moratoriy joriy etilgan hududlar yer osti suvlari holatidan kelib chiqib, har yili yangilab boriladi hamda vazirlikning veb-sayti va boshqa ochiq manbalarda e’lon qilinadi.
Yer osti suvlari sathning o‘rtacha ko‘p yillik sathga nisbatan 5 metrdan ortiq pasayib ketgan hududlarda yer osti suvlaridan faqat ichimlik maqsadlarida foydalanish mumkin.
Bunda yerlarni sug‘orish va ishlab chiqarish maqsadlariga gidrogeologik xulosa berish, yer osti suvlariga quduqlarni burg‘ilash hamda mavjud quduqlardan yerlarni suv tejovchi texnologiyalarsiz sug‘orish taqiqlanadi.