Navoiy viloyati Karmana tumanida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ekilgan ko'chatlarning holati qanday?
Navoiy viloyati Karmana tumanida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ekilgan ko'chatlarning holati qanday?
"Yashil makon" umummilliy loyihasining joriy yil bahorgi mavsumida Navoiy viloyatida jami 8 million 841 ming tup mevali va manzarali daraxt ko'chatlari ekilish mo'ljallangan edi. Shundan 880 ming tupi Karmana tumaniga to'g'ri keladi. Tumanda loyihaning bahorgi mavsumida reja 101% ga bajarilib, 890 ming tup mevali, manzarali, daraxt ko'chatlari va butalari o'tqazilgan. O'rganish jarayonida nihollarning holati yaxshiligi va ularni sug'orish ishlari olib borilayotganiga guvoh bo'ldik.