Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi ochun.uz internet nashrida e'lon qilingan xabarga rasmiy munosabat bildirdi

Unda ayrilishicha, "Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahridagi "Yashil makon" loyihasi doirasida tashkil etilgan bogʻlardan birida manzarali daraxtlar qurib qolganligi" toʻgʻrisida tarqalgan xabar yuzasidan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi inspektorlari tomonidan oʻrganish ishlari olib borgan.
Oʻrganish davomida Yangiyer shahar "A. Jomiy" MFY Amir Temur shox koʻchasidagi "Yashil makon" loyihasi doirasida ekilgan koʻchatlarni parvarishiga masʼul boʻlgan "Obodonlashtirish" boshqarmasi agronomining eʼtiborsizligi tufayli ayrim ko'chatlar qurib qolganligi aniqlangan.
"Ushbu holat yuzasidan ushbu xodimga nisbatan MJTKning 79-moddasi 3-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 3 300 000 soʻm jarima qoʻllanildi", - deyiladi xabarda