G'alladan bo'shagan maydonni yoqqan fuqaro 1 mln 650 ming so'm jarimaga tortildi
G'alladan bo'shagan maydonni yoqqan fuqaro 1 mln 650 ming so'm jarimaga tortildi
Xorazm viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi hamda Milliy Gvardiya xodimlari bilan birgalikda o'tkazilgank ekologik nazorat reyd tadbirlari davomida Xonqa tumanida yashovchi fuqaro tomonidan g'alladan bo'shagan maydonda somon poyalarini yoqib yuborganlik holati aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan fuqaroga nisbatan MJtKning 88-moddasi 3-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, bazaviy hisoblash miqdorining 5 barobari yani 1 mln 650 ming so'm jarima jazosi qo'llandi.