Farg‘onada fuqaro mushukni tiriklayin yoqib yubordi 

Farg‘onada fuqaro mushukni tiriklayin yoqib yubordi 
Farg‘onada fuqaro mushukni tiriklayin yoqib yubordi

Ijtimoiy tarmoqlarida  mushukning  vahshiylarcha yoqib yuborilgan videosi tarqaldi.  Aniqlanishicha, mazkur holat Quvasoy shahar Qaramko‘l qishlog‘ida sodir etilgan. 
Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmatiga ko'ra,  huquqbuzarlikni Qaramko'l qishlog'ida  yashovchi fuqaro va boshqalar sodir etganligi aniqlanib, ularga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 111-moddasi (Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish) bilan ma’muriy tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, jarima jazosi qo‘llanildi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-