Xususiy tashkilotda ishlovchi ayollarga dekret puli beriladimi?  

Xususiy tashkilotda ishlovchi ayollarga dekret puli beriladimi?  
Xususiy tashkilotda ishlovchi ayollarga dekret puli beriladimi? 

   Xususiy tashkilotlar ham "dekret ta’tili" berishga majbur. Mehnat kodeksinining 237-moddasiga ko‘ra, ushbu Kodeksga muvofiq xodimlar quyidagi ijtimoiy ta’tillarni olish huquqidan foydalanadi:

    homiladorlik va tug‘ish ta’tillari (ushbu Kodeksning 404-moddasi);

     bola parvarishlash ta’tili (ushbu Kodeksning 405-moddasining birinchi va ikkinchi qismlari);

     o‘quv ta’tili (ushbu Kodeksning 385-moddasining birinchi qismi);

     ijodiy ta’tillar (ushbu Kodeksning 387-moddasining birinchi qismi).

    Xodimlarga ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan ijtimoiy ta’tillarni berish xodimning mehnat stajiga, u bajaradigan ishning joyi va xususiyatiga, ish beruvchining tashkiliy-huquqiy shakliga bog‘liq emas.
E’tibor bering! homiladorlik va tug‘ish ta’tili va boshqa ijtimoiy ta’tillar ish beruvchining tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar ya’ni xususiymi, byudjet tashkilotimi taqdim qilinadi va “dekret puli” to‘lab beriladi.

     Ish beruvchi xodimga “dekret puli”ni to‘lab bermasachi?
  Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 49-3-moddasiga ko‘ra, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tug‘ish nafaqalarini qonunchilikda belgilangan miqdorlarda to‘lash bo‘yicha majburiyatdan bo‘yin tovlash, bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan 15 baravarigacha (4 million 950 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
     Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bo‘lsa, —

     bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravaridan 30 baravarigacha  (9 million 900 ming so‘mgacha)  miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-