Toshkent shahrida alohida propiska tizimi bekor qilinadi

Toshkent shahrida alohida propiska tizimi bekor qilinadi
Toshkent shahrida alohida propiska tizimi bekor qilinadi

Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra:
- Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari korpusini shakllantirishning majoritar-proporsional shakliga asoslangan saylov tizimi joriy etiladi;
– “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi lozim bo‘lgan shaxslar – O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi qonun bekor qilinadi;
– 2024-yil 1-yanvardan ma’muriy sudlarga shikoyat qilishda fuqaro va tadbirkorlardan davlat bojini undirmaslik, bunda davlat bojini ishni ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha aybdor tarafdan undirish tartibi joriy etiladi;
– 2023-yil 1-avgustdan soliq to‘lovchilar tomonidan yoshidan qat’i nazar farzandlarining O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlarida ta’lim olishlari uchun yo‘naltiriladigan to‘lovlar soliq solinmaydigan daromadlar toifasiga kiritiladi. Ushbu tartib ta’limning barcha bosqichlari — maktabgacha, maktab va oliy ta’lim tizimiga joriy etiladi. (Konstitutsiyaning 50-moddasi);
– 2023-yil 1-iyundan chakana savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarining faoliyat ko‘rsatish vaqtiga nisbatan cheklovlar bekor qilinadi;
– huquqiy ta’sir choralarini qo‘llashda mutanosiblik prinsipidan kelib chiqib, ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilikda shartnomaviy va boshqa fuqaroviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan javobgarlik choralarini bekor qilish (Konstitutsiyaning 21-moddasi);
– huquqbuzarlikdan jabrlanganlarga yetkazilgan zarar qoplanishida davlatning konstitutsiyaviy majburiyatlarini amalga oshirish maqsadida jinoyatdan jabrlanganlarga ko‘maklashishning aniq mexanizmi ishlab chiqiladi. (Konstitutsiyaning 29-moddasi);
– shaxsiy daxlsizlikka bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqlarni so‘zsiz ta’minlash maqsadida qamog‘ga olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llashda shaxsni hibsxonaga joylashtirishdan oldin majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi joriy etiladi. (Konstitutsiyaning 26-moddasi);
– advokatlarning konstitutsiyaviy-huquqiy maqomini to‘laqonli realizatsiya qilish, jinoyat protsessida uning vakolatlarini prokuror bilan tenglashtiriladi. (Konstitutsiyaning 142-moddasi);
– davlatning bolalarda xalqning boy madaniy va ma’naviy merosidan faxrlanishni, vatanparvarlik va Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbat tuyg‘usini shakllantirish to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish majburiyatini amalga oshirish maqsadida 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarning madaniy meros obyektlariga to‘lovsiz kirishi tartibi joriy etiladi. (Konstitutsiyaning 78-moddasi).
Farmonda qonunchilikni yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirish, uni amalga oshirish jarayonini axborot-tahliliy, ilmiy-ekspertlik jihatidan ta’minlash ishlarini tizimli tashkil etish bo‘yicha choralar ham belgilanmoqda.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-