O'zbekistonda Prezident yetti yil muddatga saylanishi mumkin

O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi to‘g‘risida»gi Konstitusiyaviy qonun loyihasi matni meningkonstitutsiyam.uz saytida e’lon qilingani haqida xabar berilgandi.
Konstitusiyaviy qonun loyihasida amaldagi Konstitusiyaga 27 ta yangi modda kiritilib, undagi moddalar soni 128 tadan 155 taga oshirilmoqda.
Konstitusiyaviy qonun loyihasiga ko‘ra:
Prezident vazirliklarni va boshqa respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarini tuzadi hamda tugatadi, shu masalalarga doir farmonlarni keyinchalik Senat tasdig‘iga kiritadi;
Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashini tuzadi va unga boshchilik qiladi, o‘z vakolatlari amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida Prezident Administrasiyasini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi maslahat-kengash organlarini va boshqa organlarni shakllantiradi;
Prezident O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tomonidan umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan yetti yil muddatga saylanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini tayinlashga haqli.
Bosh vazir nomzodini saylovda yutgan partiya emas, Prezident parlament quyi palatasiga taqdim qiladi. Bunda u barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan maslahatlashadi.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha, 14 mart kuni Oliy Majlis Senati Konstitusiyaviy qonunni va uni umumxalq referendumiga qo‘yishni ma’qullagan edi.