Nega muddatidan avval Prezident saylovi o‘tkaziladi?

Nega muddatidan avval Prezident saylovi o‘tkaziladi?
Nega muddatidan avval Prezident saylovi o‘tkaziladi?

Birinchidan, asosiy qonunimizga muvofiq,  hokimiyatning barcha bo‘g‘inlari isloh qilinib, ular o‘rtasidagi munosabat va muvozanat jiddiy o‘zgarmoqda.
Ikkinchidan, yangilangan Konstitusiyamiz Prezident, parlament, hukumat, vazirlar, hokimlar oldiga kechiktirib bo‘lmaydigan yangi siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy vazifalarni qo‘ymoqda.
Uchinchidan, xalqimiz bizdan barcha sohalarda g‘oyat muhim va dolzarb o‘zgarish va islohotlarni kutmoqda.
To‘rtinchidan, dunyoda va mintaqamizda keskin va murakkab jarayonlar hukm surayotgan hozirgi vaziyatda to‘g‘ri va samarali rivojlanish yo‘lini izlab topish va uni amalga oshirish eng o‘tkir va dolzarb masalaga aylanmoqda.
Aziz va muhtaram vatandoshlar, barchangiz ko‘rib turibsiz, oldimizga bugun yanada ulkan marralar qo‘ymoqdamiz.
Bundan buyon ham, davlat va jamiyat hayoti, bugungi va kelgusi taraqqiyotiga oid har bir masala bo‘yicha faqat va faqat sizlar, donishmand, bag‘rikeng xalqimiz bilan bamaslahat ish olib boramiz.
Asosiy qonunimizda xalq – davlat hokimiyatining birdan-bir manbai, deb bejiz yozilmagan.

Shu nuqtai nazardan, yangilangan davlat hokimiyati tizimida xalqimiz, yana bir bor aytaman, faqat xalqimiz o‘zi ishongan rahbarga mandat berishi maqsadga muvofiq.
O‘ylaymanki, bugungi mavjud sharoitda bu eng to‘g‘ri va adolatli qaror bo‘ladi", - dedi Prezident.
Saylovlar qonunga to‘la muvofiq holda, ochiq va oshkora tarzda o‘tkaziladi.
Bunda siyosiy partiyalar, Prezidentlikka nomzodlar yurtimiz tinchligi va uning ravnaqiga, xalqimiz farovonligiga xizmat qiladigan yangi g‘oya va tashabbuslar bilan maydonga chiqishadi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-