Singapur va germaniyalik olimlar birinchi marta buyrak hujayralarini tiklash yo'lini topdi

Bu haqida dastlabki tadqiqot natijalari Nature Communications jurnalida e’lon qilindi.
Mualliflar o‘z tadqiqotida jigar, o‘pka va yurakda, shuningdek, o‘tkir va surunkali buyrak kasalliklarida chandiqlarni keltirib chiqaradigan interleykin-11 (IL-11) oqsiliga e’tibor qaratdilar. Olimlar bu oqsil buyraklar shikastlanganda molekulyar jarayonlar zanjirini qo‘zg‘atib, yallig‘lanishini aniqladi.
Biroq, bu jarayon IL-11 oqsiliga antitana kiritish orqali bloklanganda, buyrak kanalchalari hujayralarining ko‘payishi (proliferasiya) va tiklanishi, shuningdek, yallig‘lanishning barham topishi yuz beradi, natijada, buyraklar yana sog‘lom holatga qaytadi.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin olimlar saraton hujayralarining sirli beshta rivojlanish xususiyati borligini aniqlagani haqida xabar berilgan edi.