Bo'lajak stomatologlar ishini baholovchi robot yaratildi

Rossiyaning Perm milliy tadqiqot politexnika universiteti va Perm davlat tibbiyot universiteti olimlari o‘zaro hamkorlikda bo‘lajak stomatologlar uchun maxsus simulyator yaratdi.
Mazkur robot texnologiyasi talabalar bilim va mahoratini avtomatik tarzda baholab, xuddi bemor singari ko‘rsatilgan tibbiy xizmat sifati haqida fikr bildira oladi.
Simulyatorga haqiqiy emal qattiqligiga ega rezina va plastmassa materiallardan tayyorlangan almashtiriluvchi tishlar o‘rnatilgan.
U to‘rt turdagi stomatologik xizmat, ya’ni kariyesni davolash, koronka tayyorlash, tishni olib tashlash hamda kanallarni muolaja qilishga mo‘ljallangan.
Mashg‘ulot chog‘ida talabalar amaliyot turiga ko‘ra, odatiy monolit yoki maxsus rangli tishlar hamda plombalardan foydalanishlari mumkin.
Bu innovatsion ishlanma orqali ta’lim oluvchilar inson tishlari tuzilishi bilan bir xil maketda tadqiqot olish imkoniga ega bo‘ladi.
Maxsus dasturlashtirilgan neyrotarmoq olib tashlangan tishlar yoki ularning burg‘ulangan qismlari chuqurligi, kengligi, tekisligi va boshqa xususiyatlarini soniyalar ichida tahlil qilib, bajaruvchining mahorat va ko‘nikmasini avtomatik baholaydi.