Ijara shartnomalari qilinganda  talabalardan elektron imzo talab etilmaydi

Ijara shartnomalari qilinganda  talabalardan elektron imzo talab etilmaydi
Ijara shartnomalari qilinganda  talabalardan elektron imzo talab etilmaydi

Koʼchmas
mulk ijara shartnomalarini 2 xil usulda hisobga qoʼyish mumkin:
ijara.soliq.uz sayti orqali. Bunda ijaraga beruvchi saytdan «Talabalar ijarasi» boʼlimini tanlab «Ijaraga oluvchi talaba toʼgʼrisida maʼlumot» oynasiga ijaraga oluvchi talabaning JShShIRni kiritganda uning maʼlumotlari (F.I.O, taʼlim olayotgan oʼquv yurti, fakulteti, taʼlim shakli va bosqichi, shuningdek doimiy roʼyxatga olingan manzili) avtomatik shakllanadi.

Keyingi jarayonda «Qoʼshish» tugmasi orqali talaba bilan birga turgan boshqa talabalar dasturga kiritiladi.
Soʼngra “Telefon raqami” qatoriga ijaraga oluvchi talabaning telefon raqami kiritilib, “Tasdiqlash kodini yuborish” tugmasi bosiladi. Talabaning telefoniga SMS orqali kelgan 5 xonali raqam “Tasdiqlash kodi” qatoriga yozilib “Tasdiqlash” tugmasi bosiladi.

“Soliq” mobil ilovasi orqali. Ilovaning «Ijaraga berish» undan soʼng “Talabalar uchun ijara shartnoma” boʼlimi orqali talabalar bilan tuzilgan koʼchmas mulk ijara shartnomalari hisobga qoʼyiladi.

Ilovaga ijaraga beruvchi jismoniy shaxs tomonidan talabaning shaxsiy identifikatsiya raqami kiritilganda uning maʼlumotlari avtomatik shakllanadi. Talabalar Face ID yoki telefon raqamiga SMS orqali keladigan 5 xonali raqamni kiritish orqali ijara shartnomasini tasdiqlanishi mumkin.

Talabalar bilan tuzilgan ijara shartnomalari hisobga qoʼyilganda ushbu maʼlumotlar Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi bazasida shakllanadi. Bu esa oylik ijara toʼlovining bir qismini qoplab berishda oliy oʼquv yurtlariga qulaylik yaratadi.
Eslatib oʼtamiz, soliq toʼlovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olgan daromadlari soliqdan ozod etilgan. (Soliq kodeksi, 378-modda)
Turar joylarni ijaraga oluvchi talabalarda soliq majburiyati yuzaga kelmaydi
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-