Metroda iPhone orqali onlayn to‘lov qilish imkoniyati yaratildi

Metroda iPhone orqali onlayn to‘lov qilish imkoniyati yaratildi
Metroda iPhone orqali onlayn to‘lov qilish imkoniyati yaratildi

Endilikda yo‘lovchilar “ATTO” mobil ilovasidagi NFC kategoriyasi orqali to‘lovlarni amalga oshirishi mumkin bo‘ladi. Bunda ilovaning operatsion tizimi va u bilan to‘lash mumkin bo‘lgan qurilma orqali plastik kartalarsiz onlayn to‘lov amalga oshiriladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, qurilma Toshkent metropolitenining “Buyuk ipak yo‘li” bekatida o‘rnatilgan bo‘lib, undan iOS operatsion tizimida ishlovchi telefonlar orqali foydalanish mumkin.
Qurilmani keyinchalik “Chilonzor”, so‘ng bosqichma-bosqich barcha metro bekatlarida joriy qilish rejalashtirilgan.
Oldin faqat Android qurilmalari orqali NFC to‘lovni amalga oshirish mumkin bo'lgan.  Endi iOS tizimi orqali to‘lash imkoniyati ham mavjud. Bunda ikki va undan ko‘p marotaba to‘lovni amalga oshirish mumkin, — deydi “ATTO” texnik mutaxassisi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-