Bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlariga yoʻllanma olish tartibi

Ota-onalar farzandlari uchun bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlariga imtiyozli yoʻllanmalarni oʻzlari ishlab turgan korxona, tashkilot ѐki muassasa boshlangʻich kasaba uyushma qoʻmitasi orqali oʻrnatilgan tartibda olish imkoniga egalar.
Yoʻllanma olish uchun xodim kasaba uyushma qoʻmitasi nomiga ariza bilan murojaat etadi.
Oromgohga yoʻllanma olish uchun ariza xodim tomonidan sogʻlomlashtirish mavsumi boshlanishidan bir oy oldin beriladi.
Arizaga xodimning pasport nusxasi hamda farzandining tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi ilova qilinadi.
Oromgohga 7 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan bolalar hududiy poliklinika tomonidan berilgan tibbiy maʼlumotnoma (079/x shakl) bilan qabul qilinadi.
Ishlamaydigan fuqarolar farzandlarini dam oldirish uchun oromgohlarga yoʻllanmalarni oromgohni balansda saqlovchi xoʻjalik organining kasaba uyushma qoʻmitasidan yoki oromgohdan yoʻllanma qiymatining 100 foiz toʻlovi bilan xarid qilishlari mumkin.
Bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari dislokatsiyasi hamda yoʻllanmalarning narxlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Hududiy kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmalaridan olish mumkin.
👉 Yoʻllanma olish uchun ariza shakli namunasi

Комментарии (1)