Farg‘onada Tabiat resurslari inspeksiyasi xodimiga nisbatan jinoyat ishi ochildi

Farg‘onada Tabiat resurslari inspeksiyasi xodimiga nisbatan jinoyat ishi ochildi
Farg‘onada Tabiat resurslari inspeksiyasi xodimiga nisbatan jinoyat ishi ochildi

Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumani Tabiat resurslari inspeksiyasi bosh mutaxassisi pora bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati xabar bermoqda. 
Unga ko‘ra, holat Bosh prokuratura departamentining Dang‘ara tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan. Dang‘ara tumani Tabiat resurslari inspeksiyasi bosh mutaxassisi M.A. fuqaro A.T.ning ov qilish taqiqlangan hududda pnevmatik qurol bilan noqonuniy baliq ovlaganligi holati bo‘yicha maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirmaslik va olib qo‘yilgan pnevmatik qurolni egasiga qaytarib berish evaziga o‘z xizmat xonasida 1 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo'lga olingan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-