Navoiyda  bayonnoma rasmiylashtirmaslikni va’da qilgan bo‘lim boshlig‘i pora bilan qo'lga tushdi 

Navoiyda  bayonnoma rasmiylashtirmaslikni va’da qilgan bo‘lim boshlig‘i pora bilan qo'lga tushdi 
Navoiyda  bayonnoma rasmiylashtirmaslikni va’da qilgan bo‘lim boshlig‘i pora bilan qo'lga tushdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Karmana tuman bo‘limi tomonidan DXX hamda IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Navoiy viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining Karmana tuman bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi X.T. fuqaro N.F. tomonidan “Uyrot” MFY hududida sport zal binosi qurish uchun ajratilgan yer maydonidagi manzarali daraxtlar kesib tashlanganligi uchun ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirmaslik va jarimaga tortmaslik evaziga 1 000 AQSH dollari pora talab qilib, shundan 10 mln so‘mni o‘z xizmat avtomobilida fuqaro N.N. orqali olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo'lga olingan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-