Buxoroda bir necha kishi 1 ayolni samosud qildi

Buxoroda bir necha kishi 1 ayolni samosud qildi
Buxoroda bir necha kishi 1 ayolni samosud qildi

Buxoro viloyati IIB Matbuot xizmatiga  ko‘ra, Kogon tumanida uch nafar ayol va bir nafar erkak o‘zaro oldindan til biriktirib, “Tutkunda” mahallasida istiqomat qiluvchi ayolning uyiga go‘yoki Shohrux ismli yigitni so‘rab kelib, aldov yo‘li bilan uyga kirishgan.
Shundan so‘ng, ular ayol bilan oldindan bo‘lgan kelishmovchilikni ro‘kach qilib, uni xonadan yotoqxonasiga olib kirib,  sochlarini kesib tashlashgan. Shuningdek, mazkur jarayonni telefonda videoga olib, videoni internetda tarqatish bilan qo‘rqitishgan.
Sud-tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, ayolga yengil turdagi tan jarohati yetgan. Olib borilgan tezkor tadbir davomida jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-