Surxondaryoda ayolini tesha bilan urib o‘ldirgan erkak 16 yilga qamaldi

Surxondaryoda ayolini tesha bilan urib o‘ldirgan erkak 16 yilga qamaldi
Surxondaryoda ayolini tesha bilan urib o‘ldirgan erkak 16 yilga qamaldi

Surxondaryo viloyatining  Sherobod tumanida shaʼriy nikohidagi ayolini tesha bilan urib, bo‘g‘ib o‘ldirgan erkakka hukm o‘qildi. Bu haqda Oliy sud axborot xizmati xabar bermoqda.
Xabarga ko‘ra, 2022-yil noyabr oyida erkak 1989-yilda tug‘ilgan, turmushidan ajrashgan, besh nafar farzandning onasi bo‘lgan ayol bilan tanishgan. Keyinchalik ular shar’iy nikoh asosida turmush qurgan.
Oradan ikki oy o‘tmasdan ularning o‘rtasida janjal sodir bo‘lgan. Sudlanuvchi turmush o‘rtog‘ining boshqa shaxslar bilan ishqiy munosabatda bo‘lganini gumon qilishi oqibatida janjallashgan. 
2023-yil 2-yanvar kuni kechki payt sudlanuvchi o‘z uyida spirtli ichimlik isteʼmol qilib, mast holatda farzandining ko‘z o‘ngida turmush o‘rtog‘ini kaltaklagan. Shuningdek, uyda bo‘lgan temir dastali tesha bilan ayol tanasining duch kelgan joylariga urib, bo‘g‘ib o‘ldirgan.
Sud hukmiga asosan erkak Jinoyat kodeksining 97-moddasi bilan aybli deb topildi va o‘n olti yilga qamaldi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-