Endi dorilarni qimmat sotgan dorixonalar isteʼmolchidan ortiqcha olgan  pulini qaytaradigan tizim yaratildi

Endi dorilarni qimmat sotgan dorixonalar isteʼmolchidan ortiqcha olgan  pulini qaytaradigan tizim yaratildi
Endi dorilarni qimmat sotgan dorixonalar isteʼmolchidan ortiqcha olgan  pulini qaytaradigan tizim yaratildi

2023-yil 1-maydan dorixonalarda sotilgan dori vositalari va tibbiy buyumlar uchun belgilangan ustamalardan yuqori mablag‘ olingani aniqlansa, ortiqcha pulni isteʼmolchiga qaytarish tizimi ishga tushirilmoqda.
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan “FAIR TECH” yagona axborot tizimi doirasida alohida modul ishlab chiqildi. Qo‘mita xabariga ko‘ra, bundan ko‘zlangan maqsad isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish va farmatsevtika sohasida qonunchilik meʼyorlarining isteʼmolchi foydasiga ishlashini interaktiv usullarda nazorat qilishdan iborat.
Yangi tizim bo‘yicha murojaatlarni ko‘rib chiqish onlayn tarzda tezkor amalga oshiriladi va korrupsiyani keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan holatlarning oldi olinadi. Sohada yangi yo‘nalish sifatida isteʼmolchilarga yetkazilgan zararni qoplashning taʼsirchan mexanizimi joriy etiladi.
Yangi tartibga ko‘ra, 2023-yil 1-maydan isteʼmolchilar tomonidan dorixonalarda xarid qilingan dori vositalari va tibbiy buyum xarid cheklarining QR-kodi “Soliq” mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazilganda belgilangan ustamalardan yuqori mablag‘ olingani aniqlansa, avtomatik ravishda Raqobat qo‘mitasiga xabar yuborilib, ortiqcha olingan mablag‘ni isteʼmolchiga qaytarish tizimi ishga tushirilmoqda.
“Hozirda tarmoq Soliq qo‘mitasi hamda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining elektron tizimlari bilan o‘zaro integratsiya qilingan va hamkorlikdagi maʼlumotlar almashinuvi bo‘yicha ishlaydi. Sifatli monitoring tizimini samarali ishlashi hamda texnik jihatdan ishlarni tezkor va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida Raqobat qo‘mitasining hududiy boshqarmalari planshetlar bilan taʼminlandi”, — deyiladi xabarda.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-