Navoiydagi oilaviy bog‘chada bola kaltaklandi

Navoiydagi oilaviy bog‘chada bola kaltaklandi
Navoiydagi oilaviy bog‘chada bola kaltaklandi

Navoiy viloyati tumanlarining birida bolakay bog‘cha tarbiyachisi tomonidan kaltaklangani haqida xabar tarqaldi. Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xabar yuzasidan o‘rganish o‘tkazdi.
Aniqlanishicha, holat 4-may kuni Karmana tumani “Kumushkon” MFYdagi oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida yuz bergan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, tarbiyalanuvchiga qilingan bunday qo‘pol xatti-harakat shu bog‘chaning tarbiyachi yordamchisi tomonidan sodir etilgan.
“8-may kuni mazkur xodimga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli qaror qabul qilish masalasi ish beruvchi tomonidan ko‘rib chiqiladi hamda Karmana tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan vakolati doirasida ko‘rib chiqish va tegishli qaror qabul qilish uchun tuman prokuraturasi va ichki ishlar bo‘limiga belgilangan tartibda xat yuborilishi ta’minlanadi”, — deyiladi xabarda.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-