Toshkentda yuk mashinasi bilan to‘qnashgan Damas ag‘darilib ketdi

Toshkentda yuk mashinasi bilan to‘qnashgan Damas ag‘darilib ketdi
Toshkentda yuk mashinasi bilan to‘qnashgan Damas ag‘darilib ketdi

11-iyun kuni poytaxtimizning Sergeli tumanida ikkita avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Holat yuzasidan IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi munosabat bildirdi.
Holat soat 17:40 larda Sergeli tumani Qipchoq ko‘chasida yuz bergan. Unda 2003-yilda tug‘ilgan yigit boshqaruvida bo‘lgan Damas rusumli transport vositasi hamda 1984-yilda tug‘ilgan erkak boshqaruvidagi HOWO rusumli tirkamali yuk mashinasi o‘rtasida to‘qnashuv yuz bergan.
YTH oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-