Toshkent viloyatida 36 yoshli ayolni elektropoyezd bosib ketdi

Toshkent viloyatining Chinoz tumanida elektropoyezd 36 yoshli ayolni bosib ketdi. Hodisa oqibatida ayolning ikkiga bo‘linib ketgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalmoqda.
Transport prokuraturasining ma’lum qilishicha, 4-iyun kuni soat 06:20 da Xovos—Toshkent yo‘nalishidagi 6453-sonli shaharlararo elektropoyezdi Chinoz—Olmazor bekatlari oralig‘ida haralankatib o‘tayotgan vaqtida 1987-yilg‘da tug‘ilgan ayolni urib yuborgan. Oqibatda u voqea joyida vafot etgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ayol epilepsiya kasalligiga chalingani va bir necha marta uyidan chiqib ketgani ma'lum bo'lgan.
Mazkur holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Hozirda Toshkent transport prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.