Kosonda 1996- yilda tug'ilgan ayol uyidagi molxonadan o‘lik holda topildi

Kosonda 1996- yilda tug'ilgan ayol uyidagi molxonadan o‘lik holda topildi
Kosonda 1996- yilda tug'ilgan ayol uyidagi molxonadan o‘lik holda topildi

Qashqadaryo viloyati Koson tumanida 27 yoshli kelinning jasadi topildi. “Millar” dasturida holat yuzasidan ma’lumot berildi. 
Ma’lum qilinishicha, Koson tumani “Beshqo‘tan” mahallasi, Beshqo‘tan qishlog‘ida yashagan, 1996-yilda tug‘ilgan ayol 2-iyun kuni uyining molxonasidagi yog‘ochga arqon bilan o‘zini osib o‘ldirgan. Biroq ayolning yaqinlari u eri tomonidan o‘ldirilganini aytmoqda. 
“Bir kuni kelganida, onajon, kuyovingiz meni o‘ldiraman, deb aytdi. Kuyovingiz juda maydagap, dedi. Bolamga ishonmabman. Keyin kuyovim o‘z og‘zi bilan aytdi, qizim o‘zini osmoqchi bo‘lgan ekan. Qizimdan so‘rasam, kuyovim aldayotganini aytdi. Qizimni vahshiylarcha o‘ldirgan, o‘ligini tahqirlagan. Hamma yerini ko‘rsangiz, kallalari ishib, lablari ishib ketgan. Qizim bo‘g‘ib, vahshiylarcha o‘ldirilgan”, deydi marhumaning onasi. 
Jasadni ko‘rgan guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, tanada ko‘plab tan jarohatlari bo‘lgan. Tuman prokuraturasi hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etayotganini ma’lum qildi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-