Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida  3 nafar erkak bir ayolga kuch ishlatib, uni jinsiy aloqa qilishga majburladi

Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida  3 nafar erkak bir ayolga kuch ishlatib, uni jinsiy aloqa qilishga majburladi
Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida  3 nafar erkak bir ayolga kuch ishlatib, uni jinsiy aloqa qilishga majburladi

Buxoro viloyati IIB G‘ijduvon tumanidagi cho‘lda erkaklar bir ayolga kuch ishlatib, uni jinsiy aloqa qilishga majburlagani tasvirlangan video yuzasidan ma’lumot berdi.
Bir necha soat avval ijtimoiy tarmoqlarda ayolni bir necha shaxs kuch ishlatish yo‘li bilan zo‘rlamoqchi bo‘layotgani aks etgan video tarqaldi. Ma’lum qilinishicha, holat Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi mas‘ul xodimlari tomonidan o‘rganilgan.
Aniqlanishicha, 30-mart kuni  G‘ijduvon tumani “Sarmijon” mahallasida yashovchi 29 yoshli tanishi, shu mahallada yashovchi 32 yoshli  ismli ayolni tumanning “Qoraxoni” mahallasi “Jilvon” cho‘l hududiga olib borib, uning erkiga zid ravishda jinsiy aloqada bo‘lgan. Holat erkak bilan birga borgan sherigi tomonidan videotasvirga olingan.
Ushbu video tasvir orqali uni o‘ziga qaram qilib, yonida bo‘lgan boshqa 3 nafar tanishlari bilan ham jinsiy aloqada bo‘lishga majbur qilgan.                
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 121-moddasi (shaxsni jinsiy aloqa qilishga majbur etish)2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ish yuzasidan gumon qilinuvchi 3 nafar shaxslar Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi (jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyatining qonuniy talablariga bo‘ysunmaslik) tartibida ushlanib, dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-