Vobkent tumani va Kogon shahrida uyini fohishaxonaga aylantirganlar qo'lga tushdi

Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, viloyatning Kogon shahar Arabxona ko‘chasida yashovchi fuqaro uyidan xona ajratib, bir erkak va ayolning o‘zaro jinsiy aloqa qilishi uchun sharoit yaratib bergan. Buning evaziga ulardan 200 000 so‘m pullarni olib, fohishaxona tashkil etgan.
Xuddi shunday, 5 may kuni Vobkent tumanining “Xalach” mahallasida yashovchi fuqaro ham moddiy manfaat ilinjida bir erkak va ayolning jinsiy aloqada bo‘lishlari uchun o‘zining uyidan xona ajratib sharoit yaratib bergan. Evaziga esa 100 000 so‘m miqdoridagi pullarni olib, fohishaxona tashkil qilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 131-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilayotgani aytilgan.