Buxoroda 2005- yilda tug'ilgan qiz qo'shnisining Damas avtomobilini o'g'irladi

Buxoroda 2005- yilda tug'ilgan qiz qo'shnisining Damas avtomobilini o'g'irladi
Buxoroda 2005- yilda tug'ilgan qiz qo'shnisining Damas avtomobilini o'g'irladi

Buxoro viloyati Vobkent tumanida voyaga yetmagan qiz o‘zganing avtomashinasini olib qochdi. Bu haqda Buxoro viloyati Ichki ishlar bo‘limi Axborot xizmati xabar berdi. Ta'kidlanishicha, joriy yilning 2 fevralidan 3 fevraliga o‘tar kechasi noma’lum shaxs, Vobkent tumani “Xalach” mahallasida yashovchi fuqaroning o‘z yashash uyi oldida eshiklari ochiq, kaliti o‘t oldirgichda qoldirilgan Damas rusumli avtomashinasini o‘g‘irlab olib qochgan.
Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-