Farzandlarini ayovsiz qiynagan yangiyo'llik otaga  nisbatan jinoyat ishi qo'zg'atildi

Farzandlarini ayovsiz qiynagan yangiyo'llik otaga  nisbatan jinoyat ishi qo'zg'atildi
Farzandlarini ayovsiz qiynagan yangiyo'llik otaga  nisbatan jinoyat ishi qo'zg'atildi

Bir necha kun avval ijtimoiy tarmoqlarda bir erkak farzandlarini qiynoqqa solayotganligi haqida videoxabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot xizmati rasmiy ma'lumot berdi.
Aniqlanishicha, 2022-yilning sentyabr oyida Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani "Guliston" mahallasida yashovchi 30 yoshli erkak oilaviy kelishmovchiliklar tufayli turmush o‘rtog‘idan o‘ch olish maqsadida 2 yoshli farzandini muttasil ravishda turli qiynoqlarga solib kelgan. U ushbu jarayonni uyali telefon apparatiga videoga olib ijtimoiy tarmoqlarga tarqatgan.
Mazkur holat yuzasidan 2023-yil 13-may kuni Yangiyo‘l tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan  otaga nisbatan Jinoyat kodeksining 110-moddasi 2-qismi “a” bandi (qiynash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan.
Hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jinoyat ishi tergovi Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan.
Qonunchilikda ushbu jinoyatni sodir etganlar 360 soatdan 480 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-