Mavsum boshlandi. Ikki viloyatda o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Mavsum boshlandi. Ikki viloyatda o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi
Mavsum boshlandi. Ikki viloyatda o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Samarqand viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda, fuqaro Sh.J. fuqaro M.E. ga tanishlari yordamida Samarqand tibbiyot institutiga o‘qishga kiritib qo‘yishi va C1 darajasidagi milliy sertifikat olib berishi evaziga 7200 AQSH dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Xovos tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Ch.R. fuqaro G.S.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida xususiy universitetlardan biriga 3-bosqichdan o‘qishga kiritib qo‘yishi va keyinchalik o‘qishini Guliston davlat universitetiga ko‘chirib berishi evaziga 5 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o'tamiz, bir necha kun avval xuddi shunday holat Buxoroda ham bo'lganini xabar bergan edik.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-