Sirdaryoda iste’molga yaroqsiz mol go'shtini sotmoqchi bo'lgan shaxs qo'lga olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Guliston tuman bo'limi tomonidan IIB va veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo'limi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro inson sog'lig'iga zarar yetkazishi mumkin bo'lgan 200 kg mol go'shtini boshqa bir fuqaroga 9 mln so'mga sotishga kelishib, shundan 118 kg go'shtni “Nexia” rusumli avtomobilida Guliston shahridagi “Yangi bozor” avtoturargohiga olib kelib bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o'tkazish maqsadini ko'zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o'tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko'rsatish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.