Farg‘onada o'zganing kartasidan qariyb 50 mln so‘m o‘g‘irlagan guruh ushlandi

Farg‘onada o'zganing kartasidan qariyb 50 mln so‘m o‘g‘irlagan guruh ushlandi
Farg‘onada o'zganing kartasidan qariyb 50 mln so‘m o‘g‘irlagan guruh ushlandi

Farg‘ona shahrida fuqaroning kartasidan qariyb 50 million so‘m pul o‘g‘irlagan shaxslar qo'lga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Fuqaro ichki ishlar bo‘limiga murojaat qilib, 30-yanvar kuni noma’lum shaxslar uning bank kartasiga kompyuter orqali ruxsasiz kirib, hisobidagi 47 million 235 ming so‘mni yechib olganini ma’lum qilgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “b” bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida ushbu jinoyatni ikki  fuqaro  sodir etgani aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-