Qashqadaryoda pora olib sog'lom odamni jinnixonaga ro'yxatga qo'ygan shifokor qo'lga tushdi

Ruhiy kasalliklar dispanseri bosh shifokori fuqaroni mehnatga layoqatsizligi haqida xulosa berish evaziga qariyb $400 pul so'ragan.
Qashqadaryo viloyati 1-sonli asab-ruhiy kasalliklar dispanseri bosh shifokori vazifasini bajaruvchi va vrachlar maslahati komissiyasi raisi lavozimida ishlovchi shaxs pora bilan ushlandi.
Maʼlum qilinishicha, shifokor fuqarolardan biriga ruhiy holatida o'zgarish bo'lgani sababli mehnatga layoqatsizligi haqida xulosa berish evaziga qariyb 400 AQSH dollari berishni talab qilgan.
U buning uchun fuqaro dispanserda yotib davolanganligi to'g'risida kasallik tarixini to'ldirib, ruhiy kasal sifatida ro'yxatga qo'ygan.
Aslida fuqaro dispanserga kelmagan bo'lsa ham, shifokor rasmiy hujjatlarni qalbakilashtirib, xizmat xonasida ishlov berilgan 4,3 mln so'm pullarni olayotgan vaqtida qo'lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.